Inhalt
#bayram 🇺🇿Mustaqillik – xalqimizning asriy orzusi, milliy o‘zligimiz va erkinligimiz ramzi, tinch va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. 34 yil davomida yurtimiz ulkan yutuqlarga erishib, dunyo hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi. Bugun biz barchamiz tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot sharoitida yashamoqdamiz. Bu yutuqlar, eng avvalo, xalqimizning mashaqqatli mehnati, yurtimiz taraqqiyoti uchun fidokorona sa’y-harakatlari samarasi ekanini alohida ta’kidlash joiz. Avvalari maktablarda “Mustaqillik – bu huquq demakdir” deb takror-takror o’qitilardi. Bugun ushbu so’zning ma’nosi, mazmuni kengayib, juda katta anglamni o’zida tashimoqda. Farzandlarimizga istiqlolning qadr-qimmatini, tariximiz sarlavhalarini, ota-bobolarimiz hayot yo’llarini ularga oson va tushunarli uslubda yetkazish vazifasi turgandi. Ana shu vazifani bajarish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi “Kelajak soati” milliy tarbiya plaftomasi ustida ish olib bormoqda. Platformadagi darslar “Yangi O’zbekiston g’oyasi – shaxs, qadriyat, taraqqiyot” g’oyasi atrofida birlashgan. Ushbu g’oya Prezidentimiz Shavkat Miromonovich tashabbuslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Uktamovna boshchiligida amalga oshirilmoqda. 🇺🇿Ushbu platformaning oliy ta’lim muassasalari talabalariga mo’ljallangan 1-darsini “Yangi O’zbekiston” universitetida o’tib ko’rdim. Yangi formatdagi dars va videokontentlar talabalarga manzur keldi, vatan haqidagi qo’shiqlarni birgalikda kuylashdi. Videoda ana shu dars jarayonlaridan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin. 🇺🇿Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz yurtdoshlar! @Uzbekxonim