TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Oʻzbekoyim
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT POST

Post #573

@Uzbekxonim

Oʻzbekoyim

Ansichten822Anzahl der Ansichten
Gepostet16. Sept.16.09.2025, 05:35
Beitragsinhalt

Inhalt

#universitet “Yangi O’zbekiston” universitetida faoliyatimni boshlaganimga 1 yildan oshdi. Jamoa va talabalar bilan ko’plab tadbirlar, loyihalar, tashabbuslarni amalga oshirdik. Har bir ekilgan nihol vaqti kelib azim daraxtga aylanadi, meva tugadi. Universitet ana shu ilk mevalarini tugish, qaldirg’ochlarini uchirish arafasida. 4-kurslar bilan ko’p ham faol ishlashga imkon bo’lmadi. Sababi yilning ikkinchi yarmidan amaliyotga chiqib ketishdi. Lekin deyarli har biri bilan munosabat qurilgan, shaxsan o’zim tomonimdan suhbatlashilgan. Bitiruvchilar orasida 4 yil ichida faqatgina diplomning o’zinigina ko’tarib ketayotganlar ozchilikni tashkil qiladi. Ularning har bir eng kamida 1 ta katta yutuqqa erishgan. Misol uchun, Robiyaxon Nabijonova mexanika muhandisligi talabasi, Britaniya Kengashining STEM sohasidagi ayollar uchun ajratilgan stipendiyasini qo’lga kiritgan. Ruxsora Toirova – universitetning birinchi Talabalar Kengashida Ta’lim yo’nalishi vaziri bo’lib, “Newish” jurnaliga asos solib yuritgan, hozirda Fan olimpiadalari markazida ishlaydi. Zuhriddin Faxriddinov va Javohir Jumaboyev “El-yurt umidi” jamg’armasining bu yilgi g’oliblari. Nurislom Mahkamjonxojizoda – “Oygul” sotuv platformasi asoschisi. Bu platforma President Tech Award tanlovida 100 ming $ ni naqd qilgan. Hozirda kursdoshi Abdumalik bilan birga shu start upda ishlashadi. Firdavs Sobirov – kimyogar, xalqaro Kimyo olimpiadasi sovrindori, aruz vaznida she’rlar yozib turadi, kam sonli iqtidorlardan. Asadbek Tajimuratov va Marjona Rahmatillayeva – har ikki talaba ham Erasmus grantini qo’lga kiritib, endi magistraturani dunyoning 3 mamlakatida bepul o’qish imkoniyatiga ega. Zulfiya Usmonova – dunyoning TOP 50 universitetiga kiruvchi TUM universitetiga magistratura uchun oktyabr oyida jo’nab ketadi. Abrorbek Butaev kabi o’zining o’quv markaziga ega bo’lgan talabalar ham topiladi. Muhiddin Abduazimov universitet va agentlik tadbirlarida boshlovchilikni mahorat bilan olib borgan bo’lsa, Alibek Olimov universitetda “Music club” lideri hisoblanadi. O’tgan yili “Shamsi Qamar” teatriga borganimda Muqaddasni ko’rib qolgandim. Asaloy ham she’riyat, adabiyotga qiziqadi. She’riy kechalarga borib turadi. Ochig’i, o’qib-o’rganishi kodlar-u matematika formulalardan iborat bo’lgan talabalarni bunday joylarda ko’rib hayron qolgandim. Zohidabonu Alisherova va Umida Madiyorovalar “Raqamli avlod qizlari”da g’olib bo’lishganidan so’ng AQShda ta’lim sayohatida birga bo’ldik. Va bugungi Bitiruv marosimining eng katta tashkilotchisi, yordamchim Charos Abdusattorova – universitetdagi eng faol talabalardan. Undagi muammoni hal qilish va vaziyatga tezda moslashish kabi “soft skill”lari bugun uncha-muncha “Z” avlodda topilmaydi. Yana ko’plab talabalarni nomma-nom aytish mumkin. Qadrli bitiruvchi talabalar, hayotingizdagi eng muhim bosqichlardan biri boshlanmoqda. Universitetda olgan bilimlaringizni qo’llay olishingiz, jamiyatda o’z o’rningizni topa olishingiz kelajagingizni belgilaydi. Ko’zlagan maqsadingizga erishishingizda yo’lingiz ochiq, yuzingiz yorug’ bo’lsin! Izoh: Birinchi rasmda bugun Prezidentimiz bilan bo’lgan uchrashuvda qatnashgan universitetning TOP 10 talabalari, ikkinchisida Bitiruvga tayyorgarligimiz. @Uzbekxonim