TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Oʻzbekoyim
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT POST

Post #586

@Uzbekxonim

Oʻzbekoyim

Ansichten1,070Anzahl der Ansichten
Gepostet27. Sept.27.09.2025, 17:19
Beitragsinhalt

Inhalt

#ustozlik Bugun Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida “Najot” loyihasining ilk soni – “Yo’l” filmi namoyishi bo’lib o’tdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Bo’stonliq tumanidagi o’qituvchi va murabbiylar bilan bo’lgan uchrashuvida so’zga chiqqan Billura Ikromova ingliz tili o’qituvchisi ekani, “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendianti bo’lib, Buyuk Britaniyaning Reading universitetida magistratura bosqichini tamomlab, hozirda Buxoroning chekka qishlog’idagi maktabda dars berayotganini aytganida, zaldagi chet ellik vakillar ham tik oyoqda qarsak chalishgani yodimda. “Yo’l” – ana shu qahramon o’qituvchining hayot yo’lini yoritib bergan qisqa metrajli film hisoblanadi. Billuraning hikoyasini eshitganimda, asli hindistonlik Gayatri Chakravorti Spivakning Kolumbiya universiteti professori bo’lishiga qaramay, Hindistonning chekka qishloqlariga muntazam ravishda borib dars bergani yodimga tushdi. U o‘z grantlari va kitoblaridan tushgan mablag‘ hisobiga qishloqlarda qizlar uchun ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlagan. Spivak ta’limni ijtimoiy adolatning asosiy kaliti deb bilgan va nazariy ishlarini amaliy faoliyat bilan bog‘lashga harakat qilgan. Billuraning bakalavr va magistratura bosqichlarini o’qish orasi naq 10 yil! Shuncha vaqtlik tanaffusdan keyin ham ilmga bo’lgan intilishning so’nmasligi filmda ta’kidlanishicha, albatta, turmush o’rtog’ining qo’llab-quvvatlashiga bog’liq bo’lgan. Har kuni 250 km yo’l bosib, chekka qishloq bolalarini o’qitish uchun yo’lga chiqqan Billura bugun ham o’zining fidoyiligi, ham muvaffaqiyatlari bilan boshqa barcha pedagoglarga namuna bo’la oldi. Ushbu filmni nafaqat o’qituvchilar, balki farzandimni o’qitaman, orzulariga qanot bo’laman, degan barcha ota-onalarning ko’rishini istayman. Bu “Yo’l” – sizning, bizning, barchamizning yo’limizdir, to’g’ri, kimdadir maslak boshqa, muhit boshqa, lekin maqsadimiz BIR! Ingliz tili o’qituvchisi Billura Ikromovaning faoliyati haqidagi film ana shu maqsadni yana bir bor eslatdi! Film ijodkorlariga o’z minnatdorchiligimni bildiraman! G’oya muallifi – Xilola Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari. Loyiha rahbari – “Oyina.uz” bosh muharriri Inobat Ahatova Filmni bu yerda tomosha qilishingiz mumkin– https://youtu.be/w2f4UQSGsXw