TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Oʻzbekoyim
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT POST

Post #589

@Uzbekxonim

Oʻzbekoyim

Ansichten770Anzahl der Ansichten
Gepostet21. Okt.21.10.2025, 14:21
Beitragsinhalt

Inhalt

#bayram Bugun 21-okt(y)abr – O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy sana. Bu kunda tilimizga e’tibor har doimgidan kuchayadi, o’zbek tili odamlarning yodiga qayta tushadi. Nimaga qayta tushadi deb aytyapman? Men doimo tilimizni havoga o’xshataman. Biz nafas oladigan havoga. Sababi biz nafasning qadrini, havoning borligi yo ifloslanganida, yo yo’qolganida, nafasimiz qisganida yodga olamiz, ko’proq qadrlaymiz. Ona tilimiz ham shunday. Kundalik muloqotda tabiiy hodisadek qabul qilamiz, yo’qolsa-chi, nima qilamiz? O’zbek tili dunyoda lotin, kirill, arab yozuvida yoziladigan kam sonli, noyob tillardan biridir. Uning qadimiyligi ham alohida mavzu. Misol uchun, birgina “men” so’zini aytganingizda siz 1300 yillik dovonni bir deganda bosib o’tasiz! Bu so’z O’rxun-Enasoy bitiklarida bän / ben shaklida, XI-XIV asrlarda men/min ko’rinishida, XIV asrdan to bugungi kungacha men/man bo’lib qo’llanib kelinadi. Oyina.uzjamoasi bilan birgalikda tayyorlangan ushbu videorolikda esa tilimizning bugungi kungacha foydalangan 6 xil alifbosidagi “Men o’zbekman” yozuvlarini ko’rishingiz mumkin. Bayram barchaga muborak! Tilimiz havoday sof, kerakli va aziz bo’lsin! @uzbekxonim