Inhalt
#qizlarda_kuch Ba’zan qilinayotgan ishlarning samarasini darhol ko‘rmaymiz. Ammo bugun shunday xushxabar keldiki, bu mehnatlarning bejiz emasligini yana bir bor his qildik. Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi Sobirova Dilafro‘z dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri – Harvard universitetiga 4 yilga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi. Bu – nafaqat shaxsiy yutuq, balki O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy samarasidir. Dilafro’zni “Raqamli avlod qizlari” tanlovida “Eco-help” loyihasi bilan eslab qolgandim. Organik chiqindidan bioyoqilg’i olish g’oyasi bilan ishtirok etgan edi. U shuningdek universitetimiz qoshida tashkil etilgan Hogwarts Summer Research Camp doirasida ketma-ket bir necha mavsum davomida ilmiy izlanishlar olib borgan, loyihalar ishlab chiqqan. Dilafro‘zning yutug‘i yana bir muhim haqiqatni isbotlaydi – qiz bolaga imkon berilsa, u nafaqat oilasi, balki butun jamiyat kelajagi uchun sarmoyaga aylanadi. Bugun u Harvard sari yo‘l olmoqda, ertaga esa ilm, fan va innovatsiya orqali yurtimiz nomini yanada yuksaklarga olib chiqishiga ishonamiz. @Uzbekxonim