TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Oʻzbekoyim
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT POST

Post #614

@Uzbekxonim

Oʻzbekoyim

Ansichten1,400Anzahl der Ansichten
Gepostet31. Dez.31.12.2025, 18:40
Beitragsinhalt

Inhalt

#sarhisob 2025-yil yutuqlarga, tajribalarga, o’rganishlarga, yangi bilimlarga, sinovlarga boy yil bo’ldi. Ham kasbiy, ham ilmiy faoliyatda yangi marralarni zabt etdim, oilam bilan ko’proq birgalikda vaqt o’tkaza oldim. Avvalo yil O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasiga a’zo bo’lishim bilan boshlangan bo’lsa, yil oxirigacha bu kabi mukofotlar soni 3 taga yetdi. Xalqaro Ogahiyshunoslar Kengashi tavsiyasi bilan “Ogahiy” ko’krak nishonini shoir va tarjimon tug’ilgan kunida – 17-dekabrda qabul qilib olgan bo’lsam, kuni kecha Sport vazirligi tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” nishoni bilan taqdirlandim. Amerika Qo’shma Shtatlariga “Raqamli avlod qizlari” tanlovining g’olib qizlari bilan birga ta’lim sayohatiga borgan bo’lsam, noyabr oyida sharqshunos olim Yuri Bregel tavalludining 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro simpoziumda ishtirok etish uchun Indiana universitetida bo’lib qaytdim. Bir guruh olimlar bilan birga “Ayol. Tarix. Tamaddun” kitob-albomi ustida birga ishladik. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining bugungi kunda eng dolzarb loyihalaridan biri hisoblangan “Kelajak soati” da ozmi-ko’pmi mehnat qildik. 2025-yilda shaxsiy brend ustida ishlash yo’lida ilk qadamni qo’ydim — Instagram ijtimoiy tarmog’ida tariximizga, ta’limimizga oid kontentlar bera boshladim. Bir qancha podkastlarda ishtirok etdim. Ularning orasida eng esda qolarlisi albatta o’zbek metsenati — Jo’raqori Bo’tako’z bilan birga “Hoshiya” podkastidagi chiqishimiz bo’ldi. Bu albatta shaxsiy yutuqlar. Ammo universitetimiz talabalarining yutuqlari men uchun eng qadrli, ahamiyatli bo’ldi. Mart oyida magistr talabamiz Ummatoy Yo’ldosheva Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Aprelda talabalarimiz Zohida, Umida va Sevinch o’z loyihalari bilan “Raqamli avlod qizlari” tanlovida g’olib bo’lib, ta’lim sayohatida bo’lib qaytishdi. Sayohatdan so’ng “Yoshlar kuni”da Prezidentimiz Shavkat Miromonovich bilan uchrashishdi. Aynan shu kuni 2-kurs talabamiz Alibek Umirboyev “Mard o’g’lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. “Hogwarts” maktabi faol tashkilotchilardan biri Nargis Xolmamatova Qozog’istonda Nazarbayev universitetida suv tozalash loyihasi bilan taqdimot qildi. May oyida “Uzcansat” tanlovida talabalarimiz 1-o’rinnni qo’lga kiritdi, o’zlarining mini-sputniklarini uchirishdi. 4-kurs talabamiz Fyodor Amanov Unesco tomonidan Quantum 100 – kvant fizikasi bilan shug’ullanadigan 100 nafar tadqiqotchi safiga Markaziy Osiyodan yagona vakil bo’lib kirdi. Bu kabi yutuqlarni yana davomiy sanashimiz mumkin. Umuman olganda, yil barakali, omadli keldi. Tilaymanki, yangi 2026-yil ham barchamizga muvaffaqiyatga boy, xotirjamlik va sihat-salomatlik yili bo’lsin. @Uzbekxonim