Inhalt
#Navoiy_585_yilligi O’zbek Navoiyni o’qimay qo’ysa, Oltin boshning kalla bo’lgani shudir… Erkin Vohidov Agar tariximizning eng katta arboblarini sanaydigan bo’lsak, ro’yxatning eng avvalida, shubhasiz, Mir Alisher Navoiy turadi. Navoiy tariximizga nafaqat shoir, balki davlat arbobi, mutafakkir, benazir olim sifatida o’z nomini muhrlagan. Tavalludiga 585 yil to’libdiki, shoir bugunga qadar e’zozda, ilmiy muhokama va davralarning markazida turadi. Bundan bir necha o’n yillar avval Navoiyning Hirotdagi (hozirda Afg’oniston hududida) maqbarasiga yo’llar bekilgan, siyosiy tarangliklar sababli borish, maqbarani ziyorat qilish hammaga ham nasib etavermagan. Bugungi kunda xalqlar aro do’stlikning, iliq munosabatlarning natijasida bu jarayon yengillashdi. Ayniqsa Jadid.uz portalining Hirotdan, Navoiy maqbarasidan uzatgan reportajlarini o’zgacha hayajon bilan kuzatdim. https://t.me/Jadidmediauz/5100 https://t.me/Jadidmediauz/5105 Navoiy dahosi besh asrdan beri o’rganilmoqda, asarlari o’qilmoqda. Va ishonchim komilki, bundan yana besh asr keyin ham Navoiy o’qiladi, o’rganiladi. Respublikamizdagi aksariyat tuman markazlarida Navoiy haykali yoki byustiga, hech bo’lmaganda uning nomidagi ko’chaga, bog’ga duch kelasiz. Butun dunyo bo’ylab esa Navoiyga ehtirom sifatida o’rnatilgan 10 ga yaqin haykallar bor. Mendagi manbalar asosida ro’yxat shunday shakllandi: 1. Oʻzbekiston: Toshkent, Andijon, Navoiy shahrida Alisher Navoiy haykali mavjud. (Deyarli har bir viloyat markazida mavjud) 2. Tojikiston: Dushanbe shahrida Navoiy haykali qad rostlagan. 3. Turkiya: Anqara shahrining Kechioʻren tumanida Navoiy haykali oʻrnatilgan. 4. AQSH: Vashingtondagi kutubxonada Navoiy yodgorligi bor. 5. Yaponiya: Tokio shahridagi Soka universiteti hududida Alisher Navoiy haykali oʻrnatilgan. 6. Xitoy: Shanxay shahrida Navoiy haykali mavjud. 7. Janubiy Koreya: Poytaxt Seulda Navoiyning byusti oʻrnatilgan. 8. Qozogʻiston: Ostona shahrida Navoiy haykali joylashtirilgan. 9. Belarus: Minskda buyuk shoirning yodgorligi mavjud. 10. Rossiya: Moskva shahrida Navoiy haykali mavjud. 11. Ozarbayjonning Boku 12. Turkmanistonning Ashxobod 13. Afgʻonistonning Mozori-Sharif va Hirot 14. Qirg’izistonnig O’sh shahrida 15. Vengriya davlati Lakitelek shahrida Navoiy haykali mavjud. Balki bu ro’yxatga kirmagan, lekin siz biladigan monumentlar bo’lsa, izohlar qismida qoldirishingiz mumkin. @Uzbekxonim