Inhalt
#Bobur_543_yoshda 11-fevral kuni universitetimizda Mir Alisher Navoiyning 585 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 543 yilligi munosabati bilan “Yangi O’zbekiston kubogi” Zakovat intellektual musobaqasini o’tkazdik. 2024 va 2025-yillarda “Yangi O’zbekiston” universiteti jami 17 ta oliy ta’lim muassasalarining Talabalar Kengashi, Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti vakillari bilan Hamkorlik memorandumini imzolagan edi. Ana shu Memorandumning mantiqiy davomi sifatida hamkorlikdagi tadbirlar qatoriga Zakovat ham qo’shildi. Aslida bu an’anani Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida rahbar bo’lgan vaqtlarimda boshlagandik. Dastlab Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoalari bilan tashkil etilgan bu intellektual musobaqada so’nggi vaqtlarda 20 ga yaqin jamoaga ishtirok etgandi. Hatto ushbu intellektual musobaqaga Abdulla Qodiriy maktabining qaldirg’ochlari – “Jo’rajonlar” jamoasi ham o’z universitetlari nomidan ishtirok etgani kishini quvontirdi. Universitetlaro keyingi musobaqaga Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti mezbonlik qiladi. Tadbirni shaffof va yuqori darajada tashkil etishda yaqindan yordam bergan “Zakovat klubi” nodavlat-notijorat tashkilotiga minnatdorchilik bildiraman. Shu o’rinda hazrat Boburning ushbu ruboiysini eslab o’tish joiz: Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak, O‘rg‘angali ilm, tolibi ilm kerak. Men tolibi ilmu tolibi ilme yo‘q, Men bormen ilm tolibi — ilm kerak. @Uzbekxonim