Inhalt
#bayram 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni muborak! Qizim bir kuni mendan: “Dunyoni kim boshqarmoqda?”, deb so’radi. Men: “Prezidentlar.” Haqiqat shuki, ularning aksariyati erkaklar”, deya javob berdim. Lekin tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, shunga qaramay o‘zining irodasi, aql-zakovati va ilmiy salohiyati bilan iz qoldirgan buyuk ayollar borligini ko‘ramiz. Masalan, Buyuk Britaniya siyosatida qat’iyati bilan nom qoldirgan Margaret Tetcher, Germaniyani uzoq yillar barqaror boshqargan Angela Merkel, siyosiy mas’uliyat va matonat timsoli bo‘lgan Tereza Mey kabi ayollar dunyo siyosiy tarixida muhim sahifalar yaratgan. Ilm-fan tarixida ham ayollar beqiyos iz qoldirgan. Ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan buyuk olima Maria Kyuri, insoniyat tafakkuri va ilmiy tafakkuriga ulkan hissa qo‘shgan ko‘plab ayollar bunga yorqin misoldir. O‘zbek tarixiga nazar tashlasak ham, ayollar faqatgina oila tarbiyasi bilan emas, balki ma’naviyat, madaniyat va davlat hayotida ham muhim rol o‘ynaganini ko‘ramiz. Masalan, temuriylar davrida ilm-ma’rifat va bunyodkorlik ishlarining homiysi bo‘lgan Saroymulkxonim (Bibixonim), temuriylar saroyida siyosiy va ma’naviy nufuzga ega bo‘lgan Gavharshodbegim, adabiyot va ma’rifat yo‘lida iz qoldirgan Uvaysiy, Nodira kabi siymolar tariximizda yorqin sahifalarni tashkil etadi. Bugun ham ayollarimiz ilmda, ta’limda, davlat boshqaruvida, jamiyat hayotida faol bo‘lib, kelajakni barpo etishda katta hissa qo‘shmoqda. Aziz va mo‘tabar ayollar! Sizlarning sabr-toqatingiz, mehringiz, bilim va matonatingiz jamiyatimizning eng katta boyligidir. Barchangizni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, ilhom va yangi yutuqlar tilayman. *rasmda Umay ona tasviri. Umay ona — qadimgi turkiy xalqlar e’tiqodida Tengridаn keyingi eng muqaddas ayol ilohasi, onalik, farzand va tug‘ruq homiysi hisoblangan. U turkiy madaniyatda hayot, nasl davomiyligi va onalik mehrining ramzi sifatida e’zozlangan. @Uzbekxonim