Inhalt
🌙Ramazon – poklanish, Navro‘z – yangilanish fasli Bu yilgi Ramazon oyi har qachongidan ham o‘zgacha ruhda o‘tdi. Bu muborak oy nafaqat ro‘za tutish, balki qalbni poklash, sabrni mustahkamlash va ezgulikni ko‘paytirish uchun yana bir bor imkon bo‘ldi. Har bir qilgan duolarimiz, sadaqalarimiz va yaxshi amallarimiz bilan o‘zimizni ham, jamiyatni ham yaxshiroq qilish yo‘lida qadam tashladik. Ayniqsa, bu yil Ramazon hayiti bilan Navro‘z ayyomining deyarli bir vaqtga to‘g‘ri kelgani o‘ziga xos ramziy ma’no kasb etadi. Go‘yo ruhiy poklanish va tabiatning yangilanishi bir nuqtada tutashdi. 🌿 Navro‘z – bu qadimiy qadriyatlarimiz, milliy o‘zligimiz va bahorning ilk nafasi bilan kirib keladigan umid bayramidir. Bu kun yangilanish, mehr-oqibat va birlik timsolidir. Mumtoz adabiyotimizda ham Navro‘z go‘zalligi yuksak ruhda tasvirlangan. Xususan, Ogahiy bu ayyom haqida shunday deydi: “Baland aylab quyoshga poya navro'z, Ko'tardi yer yuzidin soya navro'z. Kelib fayz-u nishot-u aysh birla, Muhayyo qildi elga voya navro'z”. Bugungi kunda bu ulug‘ ayyomlar arafasida yurtimizda yana ikki muhim maskan – Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy majmuasining ochilishi ham bejiz emas. Bu maskanlar xalqimizning boy ma’naviy merosi, ilm-fan va din uyg‘unligini yana bir bor namoyon etadi. ✨ Bu muborak kunlar qalblarimizni birlashtirib, hayotimizga yangi umid va baraka olib kelsin. Barchangizni Ramazon hayiti va Navro‘z ayyomi bilan chin qalbdan muborakbod etaman! @Uzbekxonim