Inhalt
690 yillik arafasida: “Amir Temur” filmi qanday taassurot qoldirdi? Bugun, 5-apreldan boshlab yurtimizdagi barcha kinoteatrlarda “Amir Temur” filmining o‘zbek tilidagi namoyishlari boshlandi. Film haqida turli fikrlar bo‘layotgani tabiiy. Chunki u tarixiy shaxs va murakkab davrni qamrab oladi. Mening kuzatishimcha, filmda tarixiy elementlardan foydalanishga harakat qilingan, ayrim g‘oyalar esa manbalarga tayangan holda badiiy talqin etilgan. Ayniqsa, Temur shaxsiyati orqali “inson taqdirini tanlamaydi, taqdir insonni tanlaydi” degan g‘oya berilgani e’tiborli. Shu bilan birga, uning dastlabki ijtimoiy mavqei, hokimiyatga kelishi va legitimlik masalalari ham ma’lum darajada aks etgan. Lekin bir narsani aniq tushunish kerak: bu filmni to‘liq tarixiy manba sifatida qabul qilish to‘g‘ri emas. Bu avvalo — badiiy asar. Kino formati doim dramaturgiya va ta’sirga tayanadi, shu sababli ayrim jihatlar tabiiy ravishda qayta ishlangan. Yuqorida UzDiplomat.uz sayti uchun bergan intervyuimdan film haqidagi shaxsiy xulosalarimni batafsil bilib olishingiz mumkin. @Uzbekxonim