TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Oʻzbekoyim
Oʻzbekoyim avatar

TGINSIGHT POST

Post #637

@Uzbekxonim

Oʻzbekoyim

Ansichten180Anzahl der Ansichten
Gepostetvor 10 Tagen25.05.2026, 10:27
Beitragsinhalt

Inhalt

Bugun yurtimizdagi minglab yoshlar uchun hayajonli va unutilmas kun - “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jaranglagan, bolalik bilan xayrlashib, orzular sari ilk qadam qo‘yiladigan kun. Bu sana men uchun ham alohida ahamiyatga ega. Chunki maktabni bitirganimga ham mana 26 yil to‘ldi. Oradan yillar o‘tsa-da, maktab hovlisi, ustozlar mehri, sinfdoshlar bilan o‘tgan beg‘ubor damlar qalbimizda eng yorqin xotira bo‘lib qoladi. Bugungi bitiruvchilar ham aynan mana shu kunni kelajakda katta sog‘inch va faxr bilan eslashlariga ishonaman. Ayniqsa, bu yil bitiruvchilarni shaxsan yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tabriklagani yoshlarimizga bo‘lgan yuksak e’tibor va ishonchning yana bir yorqin ifodasidir. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Bugun qishloqdagi oddiy maktab bitiruvchisi ertaga dunyo tan oladigan olim bo‘ladi. Bugun oldiga katta maqsadlar qo‘ygan, intiluvchan, izlanuvchan yoshlarimiz ertaga millionlab insonlarga xizmat qiladigan texnologiyalarni yaratadi. Bugun kitob o‘qiyotgan bir qizaloq ertaga mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadigan farzandlarni tarbiyalaydi. Shu bois, har biringiz kamida bittadan xorijiy til va zamonaviy kasbni egallashga harakat qiling. Bu kelajakka ochilgan eshik, siz uchun qo‘shimcha imkoniyat va rag‘batdir”. Darhaqiqat, bugungi kun - orzularni amalga oshirish yo‘lidagi ilk debocha. Oldingizda hali zabt etiladigan marralar, amalga oshadigan ezgu niyatlar va sizni kutayotgan katta hayot bor. Aziz bitiruvchilar, sizlarga ulkan omad, qat’iyat va yorqin kelajak tilayman. Hech qachon o‘qishdan, izlanishdan va orzu qilishdan to‘xtamang. Yutuqlaringiz bilan ota-onangiz, ustozlaringiz va Vatanimiz faxriga aylaning! *surat Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bugungi “So’nggi qo’ng’iroq” tadbiridan @Uzbekxonim