TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← BilimEra
BilimEra avatar

TGINSIGHT POST

Post #11

@bilim_era

BilimEra

Ansichten3,190Anzahl der Ansichten
Gepostet12. Jan.12.01.2026, 12:29
Beitragsinhalt

Inhalt

"Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursiga yoki platformadagi boshqa kurslarga yozilish hamda o‘rganishni boshlash uchun "BilimEra" akkaunt yaratishingiz kerak. Bu - juda oddiy: 1. Platformaga kirasiz. 2. Yuqori menyudagi "Akkaunt yaratish" tugmasini (qizil bilan ajratib ko‘rsatilgan) bosasiz. 3. Ochilgan oynada ismingiz va elektron pochtangizni kiritasiz, o‘zingiz uchun parol (maxfiy so‘z) o‘ylab topasiz va bu parolni ikki marta terasiz. Agar Google, Facebook yoki LinkedInda akkauntingiz bo‘lsa, tegishli tugmalarni bosish orqali tez ro‘yxatdan o‘tishingiz ham mumkin. Akkaunt yaratib olgandan keyin, "Akkauntga kirish" tugmasini bosib, elektron pochta va parolingizni kiritasiz (yoki Google, Facebook, LinkedIn orqali akkaunt ochgan bo‘lsangiz - ulardan birini tanlaysiz). Akkaunt sizga nafaqat platformadagi kurslarga yozilish va o‘rganish, balki o‘rganish jarayoningizni monitoring qilib borish hamda boshqa o‘rganuvchilar va o‘qituvchi bilan muloqot qilish imkonini beradi.