Aktuelle Beiträge
S. 1 von 3 · 31 Beiträge
Gepostet vor 28 Tagen
Bizga yozishmoqda: Assalomu alaykum! BilimEra platformasida pedagogika va kasb standartlaridan kursga yozilgandim. Attestatsiya imtihonidan o'tdim. Yaxshi natijani qo'lga kiritdim. Oliy toifani oldim. Shokir Tursun ustoz va boshqa tashkilotchilarga o'z minnatdorligimni bildiraman. Biz ham kursimiz tinglovchisi - ustozni muvaffaqiyatli natija bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida omad tilaymiz. P.S. Ilgariroq platformamizning boshqa foydalanuvchilari ham attestatsiyada yuqori natijalar qayd etishgani haqida xabarlar (1, 2) olgan edik.
Gepostet 25. Apr.
"BilimEra" platformasi "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursi tinglovchilaridan yana biri - Shoʻrchi tumanidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabi ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Shoxsanam Xazratqulova attestatsiyada yuqori natijani qayd etdi va vazir jamgʻarmasi ustamasiga ham nomzod boʻldi. Bu haqida "Ta'lim xabarlari" nashri yozmoqda. "BilimEra" platformasi ustozni yuqori natija bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi! P.S. Ilgariroq, platformamizning yana bir foydalanuvchisi attestatsiyada yuqori natija qayd etgani haqida yozgan edik.
Gepostet 21. Apr.
Joylarda pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlari davom etmoqda va bizga xushxabarlar kelmoqda. "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursimiz tinglovchilaridan biri - Jizzaxlik ustoz Akbarshoh o'z natijalari bilan bo'lishdilar: pedagogika va kasb standarti bo'limidan 15tadan 14talik natija! "BilimEra" platformasi ustozni ajoyib natija bilan tabriklaydi va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!
Gepostet 31. März
Pedagog kadrlar attestatsiyasiga oz qoldi: Pedagogik mahorat va baholash markazi malaka sinovlari jadvalini e’lon qildi. Bu yilgi attestatsiya imtihonlari spetsifikatsiyalariga jiddiy o‘zgarishlar kiritilgan: masalan, ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun imtihonlar ham yangi spetsifikatsiya asosida bo‘ladi. Spetsifikatsiyaga kora, "o‘qib tushunish" bo‘limida tekshiriladigan muhim ko‘nikmalardan biri - matnda ochiq aytilmagan ma’lumotlar, fikrlar va g‘oyalarni anglash (inference). Bu ko‘nikma nisbatan murakkab bo‘lib, maxsus tayyorgarlik va mashq qilishni talab qiladi. Agar siz badiiy va badiiy bo‘lmagan matnlarda ochiq aytilmagan ma’lumotlar, fikrlar va g‘oyalarni anglashda qiynalsangiz, BilimEra platformasidagi maxsus mikrokurssiz uchun! Mikrokursda siz ochiq aytilmagan fikrlar va g‘oyalarni anglash uchun kerakli strategiyalarni, bu ko‘nikmani tekshirishga qaratilgan test topshiriqlariga javob berishda nimalarga e’tibor berish kerakligini o‘rganasiz. Mikrokurs ingliz tilini B1 va undan yuqori darajada biladiganlar uchun mo‘ljallangan. Muhimi: mikrokurs bepul bo‘lib, unga yozilish va o‘rganishni boshlash uchun faqat BilimEra platformasida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi. Platformada ro'yxatdan o'tish (akkaunt ochish) yo'riqnomasi - bu yerda.
Gepostet 5. März
Tasavvur qiling: o‘qituvchi darsga qattiq tayyorgarlik ko‘rdi, qiziq taqdimot tayyorladi, har xil pedagogik texnologiyalardan foydalandi. O‘quvchilar darsda faol ishtirok etishdi, o‘qituvchi ham xursand. Biroq bir necha darsdan keyin shu mavzu yuzasidan test olinganida ularning aksariyati mavzuning asosiy qismini eslay olmasligi ma’lum bo‘ldi. Shunday bo‘lishi mumkinmi? Bo‘lishi mumkin. Lekin dars zo‘r o‘tgan bo‘lsa, nega natija bunday? Bu yerda muammo o‘qituvchining mahoratida emas, balki u darsni rejalashtirishda insonlar qanday o‘rganishlari haqidagi fundamental tushunchalarni hisobga olmaganida bo‘lishi mumkin. Bu haqida BilimEra blogida o‘qing. Batafsil: https://bilimera.uz/blog/effective-lesson
Gepostet 12. Feb.
BilimEra platformasi foydalanuvchilarining fikrlaridan: Shokir Tursun darslari “BilimEra” platformasida tashkil etilgani juda qulay. Darslar belgilangan vaqtda o‘tkaziladi. Agar biror sababga ko‘ra darsni o‘z vaqtida ko‘ra olmasangiz ham barcha ma’lumotlarni platformadan topish mumkin. Videodarslar, konspektlar hamda mavzuga oid testlarni ishlash imkoniyati mavjudligi o‘quv jarayonini yanada samarali qiladi. Eng qulay tomoni shundaki, istalgan payt platformaga kirib kerakli ma’lumotlarni qayta o‘rganish imkoniyati mavjud. Malika Hasanova, Al-Xorazmiy maktabi o'qituvchisi Darvoqe, BilimEra blogida Telegram va LMS orqali o‘rganishning asosiy farqlari haqida o'qishingiz mumkin. "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursi haqida batafsil ma'lumot - bu yerda va bu yerda. Platformada ro'yxatdan o'tish (akkaunt ochish) yo'riqnomasi - bu yerda. Kursga to'lov qilish yo'riqnomasi - bu yerda.
Gepostet 27. Jan.
"Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursiga qo'shilishga kech emasmi? Yo'q, kech emas, chunki: - kursning endi 2 darsi o'tdi - ko'p darslar hali oldinda; - o'tgan darslarning video yozuvlari va boshqa materiallari (taqdimotlar, konspektlar, testlar) platformaga joylangan - darslarni ko'rish/eshitish, materiallarni o'qish va testlarni ishlab ko'rish mumkin; - savollar tug'ilsa - platformadagi maxsus chat orqali yoki keyingi darslar davomida ustozdan so'rab olishingiz mumkin. Kurs haqida batafsil ma'lumot - bu yerda va bu yerda. BilimEra platformasida ro'yxatdan o'tish (akkaunt ochish) yo'riqnomasi - bu yerda. Kursga to'lov qilish yo'riqnomasi - bu yerda. Bu yerda esa kurs nega Telegram orqali emas, maxsus platforma (LMS) orqali tashkil qilinayotgani haqida o'qishingiz mumkin. Tajribali pedagog va taqdiqotchi Shokir Tursun bilan pedagogik mahoratingizni oshiring va attestatsiyaga tayyorlaning!
Gepostet 23. Jan.
"Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursi 2-darsi materiallariga 1-dars asosida test savollari joylandi. Kurs tinglovchilari platformaga kirib, 2-dars boshlangunga qadar 1-dars bo'yicha o'z bilimlarini tekshirib ko'rishlari tavsiya qilinadi.
Gepostet 23. Jan.
Eslatib o'tamiz, "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursining 2-darsi bugun soat 19:30ga mo'ljallangan.
Gepostet 21. Jan.
Taklif va iltimoslarni hisobga olib, "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursining bugunga mo'ljallangan birinchi darsini ochiq qilishga qaror qildik.
Gepostet 20. Jan.
Siz bugun soat 19:30da boshlanadigan jonli darsda qatnashishingiz va dars materiallari bilan tanishishingiz mumkin.
Gepostet 20. Jan.
Hurmali ustozlar! Taklif va iltimoslarni hisobga olib, "Pedagogik mahorat: attestatsiyaga tayyorgarlik" kursining bugunga mo'ljallangan birinchi darsini ochiq qilishga qaror qildik. Siz bugun soat 19:30da boshlanadigan jonli darsda qatnashishingiz va dars materiallari bilan tanishishingiz mumkin. Darsga BilimEra platformasi orqali yoki Zoom dasturi orqali kirishingiz mumkin. Dars materiallari bilan faqat platforma orqali tanishish mumkin. Platforma orqali jonli darsga kirish va dars materiallari bilan tanishish uchun yo'riqnoma - bu yerda. Darsning Zoom havolasi: https://us06web.zoom.us/j/87052195080 Kursning keyingi darslarda qatnashish va kurs materiallaridan to'liq foydalanish uchun to'lovni amalga oshirish kerak bo'ladi.