TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
Tasavvur qiling: o‘qituvchi darsga qattiq tayyorgarlik ko‘rdi, qiziq taqdimot tayyorladi, har xil pedagogik texnologiyalardan foydalandi. O‘quvchilar darsda faol ishtirok etishdi, o‘qituvchi ham xursand. Biroq bir necha darsdan keyin shu mavzu yuzasidan test olinganida ularning aksariyati mavzuning asosiy qismini eslay olmasligi ma’lum bo‘ldi. Shunday bo‘lishi mumkinmi? Bo‘lishi mumkin. Lekin dars zo‘r o‘tgan bo‘lsa, nega natija bunday? Bu yerda muammo o‘qituvchining mahoratida emas, balki u darsni rejalashtirishda insonlar qanday o‘rganishlari haqidagi fundamental tushunchalarni hisobga olmaganida bo‘lishi mumkin. Bu haqida BilimEra blogida o‘qing. Batafsil: https://bilimera.uz/blog/effective-lesson