Inhalt
Pedagog kadrlar attestatsiyasiga oz qoldi: Pedagogik mahorat va baholash markazi malaka sinovlari jadvalini e’lon qildi. Bu yilgi attestatsiya imtihonlari spetsifikatsiyalariga jiddiy o‘zgarishlar kiritilgan: masalan, ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun imtihonlar ham yangi spetsifikatsiya asosida bo‘ladi. Spetsifikatsiyaga kora, "o‘qib tushunish" bo‘limida tekshiriladigan muhim ko‘nikmalardan biri - matnda ochiq aytilmagan ma’lumotlar, fikrlar va g‘oyalarni anglash (inference). Bu ko‘nikma nisbatan murakkab bo‘lib, maxsus tayyorgarlik va mashq qilishni talab qiladi. Agar siz badiiy va badiiy bo‘lmagan matnlarda ochiq aytilmagan ma’lumotlar, fikrlar va g‘oyalarni anglashda qiynalsangiz, BilimEra platformasidagi maxsus mikrokurssiz uchun! Mikrokursda siz ochiq aytilmagan fikrlar va g‘oyalarni anglash uchun kerakli strategiyalarni, bu ko‘nikmani tekshirishga qaratilgan test topshiriqlariga javob berishda nimalarga e’tibor berish kerakligini o‘rganasiz. Mikrokurs ingliz tilini B1 va undan yuqori darajada biladiganlar uchun mo‘ljallangan. Muhimi: mikrokurs bepul bo‘lib, unga yozilish va o‘rganishni boshlash uchun faqat BilimEra platformasida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi. Platformada ro'yxatdan o'tish (akkaunt ochish) yo'riqnomasi - bu yerda.