Inhalt
Samarali dars - bu o‘quvchiga ma’lumot yetkazish yoki har xil “pedtexnologiyalar” emas. Samarali dars birinchi navbatda o’rganish arxitekturasini tushunish ustiga quriladi. Xo’sh, o‘rganish o‘zi nima? Bu jarayon qanday sodir bo‘ladi va uning zamirida qanday qonuniyatlar yotadi? Bu qonuniyatlar qay tarzda sizga darsingizni samarali tashkil qilishda yordam berishi mumkin? “O‘rganish nazariyalari va samarali darslar” mikrokursi aynan shu va shunga o‘xshash savollarga javob topishingizda yordam beradi. Mikrokursda sizga har bir pedagog bilishi kerak bo‘lgan nazariy tushunchalar oson, tushunarli va eng muhimi, bevosita amaliyotga bog‘langan holda tushuntirib beriladi. Va bundan keyin siz darslaringizda aynan nima ish berishini va nima uchun ish berishini tushunadigan bo‘lasiz. BilimEra'da akkaunt oching va ozingizga qulay joyda, ozingizga qulay shaklda o‘rganing!