TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← IT suhbat
IT suhbat avatar

TGINSIGHT POST

Post #179

@it_suhbat

IT suhbat

Ansichten474Anzahl der Ansichten
Gepostet3. Jan.03.01.2022, 18:05
Beitragsinhalt

Inhalt

#roadmap#java Mendan yaqin orada bir necha kishi roadmap uchun na'muna berolasizmi deb so'rashdi. Shu haqida Alloh qodir qilganicha to'xtalib o'tamiz, demak, boshladik. Avvalo bu sohadagi bilimlarni bir-biridan farqlarini o'rgatgan Allohga hamdlar bo'lsin. Dasturlash tillari talaygina va ularni ichidan eng ko'p foydalaniladiganlari ham anchagina. Aynan bir dasturlashni ichiga kirsak ham, bu til bir nechta sohalar uchun qo'llaniladi va bu sohalar bir-biridan farq qiladi. Misol uchun, java dasturlash tili: 3 qismdan iborat , ular — SE(Standart Edition), EE(Enterprise Edition) va ME(Micro Edition). Qisqacha qilib tushuntirganda, Java dasturlash tilini desktop ilovalar ishlab chiqish uchun(SE), android ilovalar ishlab chiqish uchun(ME), web-servislar ishlab chiqish uchun(EE) yoki istalgan boshqa sohalar uchun ishlatish mumkin. Yetkazmoqchi bo'lganim, har bir yo'nalishda boshqa-boshqa narsalar o'rganiladi, java core bundan mustasno. Ya'ni qaysi yo'nalishda ketishdan qat'iy nazar, java core'ni o'rganishga majburmiz. Bu umumiy sintaksis va hamma sohada ham zarur bo'lgan prinsplar(OOP misol uchun), ma'lumot to'plamlari, sikllar, ma'lumot turlari va hokazolarni o'z ichiga oladi. Yo'l uchun xarita tanlashdan avval, qaysi yo'ldan yurishimizni tanlab olishimiz kerak bo'ladi. Aynan biror sohani o'rganish uchun roadmap yozilsa, menimcha maqsadga muvofiq bo'lardi va sizlardan shuni so'ramoqchimanki, qaysi yo'nalish bo'yicha roadmap tayyorlanishini istagan bo'lar edingiz? 1. Web developer 2. Android developer 3. Desktop developer 4... Sizning xohishingiz Fikrlaringizni qoldiring. Shu bo'yicha keyingi maqolalarni tayyorlaymiz. @it_suhbat