TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
Tag: #roadmap · 6 Beiträge
Gepostet 1. Mai
#java#roadmap Yetuk java dasturchi bo'lish uchun o'rganishimiz kerak bo'lgan narsalar haqida birinchi umumiy ma'lumotlarni ko'rib chiqaylik, keyin har biri haqida to'liqroq gaplashamiz in shaa Alloh. Demak, java dasturchisi umumiy nimalarni bilishi kerak? — Linux (Operatsion sistema) — Git (Jamoa bilan ishlash va code'lardagi har bir o'zgartirishlarni nazorat qilish uchun) — Java core (Javaning asosini o'rganish) — Java advanced (Kuchaytirilgan java) — REST (Internet tarmog'ida ma'lumot almashish uchun) — Database (Ma'lumotlar ombori) — Build tools (Yozadigan kodimizni "qadoqlash" jarayonini avtomatlashtirish uchun) — Logging (Jarayonlarni yozib borish uchun) — DevOps (Dasturni ommaga tadbiq qilish uchun) — Testing (Birlamchi xatoliklarni tekshirish uchun) — Frameworks (Dasturlash ishlab chiqishimizda "yengillik" uchun) Bularning har biri haqida keyingi postlarimizda birma-bir yoritib boramiz, har bir bandiga ta'riflar beramiz va qo'ldan kelganicha kengaytirilgan, tushunarli ma'lumot berishga harakat qilamiz. 1 oylik tanaffusdan so'ng, in shaa Alloh yo'limizda yurishni davom ettiramiz😊 @it_suhbat
Gepostet 17. Feb.
#roadmap#java Java dasturchi bo'lish uchun roadmap. 1. Java core: - Javada ma'lumot turlari(Data types) - O'zgaruvchilar(variables) va sinflar(classes) - Matn bilan ishlash(char array, String, StringBuilder, StringBuffer) - Algoritmlar — chiziqli(linear), tarmoqlanuvchi(if, switch) va takrorlanuvchi(loops) - Ma'lumot tuzilmalari — List, Queue, Set, Map... - OOP — sinf(class), interface, vorislik(inheritance), abstraktsiya(abstraction), polimorfizm(polymorphism), inkapsulatsiya(encapsulation)... - Xatoliklar bilan ishlash(Exception handling) - Fayllar bilan ishlash - Tarmoq bilan ishlash (networking) - Protokollar, socket, URL, URI, Path, URLConnection, InetAdress, IPv4, IPv6, MAC address... 2. Git 3. Build tools - Ant - Maven - Gradle 4. Kuchaytirilgan(Advanced) java - Javada xotiralar taqsimoti(stack, heap, method area, native method stack, PC register) - Garbage collection - Multithreading - Sana va vaqt tizimlari bilan ishlash - JVM qanday ishlaydi? JRE, JDK, JVM farqlari - Stream API, parallel stream 5. Database - ORM — Spring Data JPA, JPA, Hibernate - SQL — query, index, join, partition, union, protsedura, funksiya, view, job, trigger... - JDBC 6. Logging - slf4j - Log4j 7. Frameworks - Spring - Spring boot - Cuba, Vaadin - Play - Quarkus... 8. Testing - Debugging - Unit testing - Integration testing - Assertion - Mocking @it_suhbat
Gepostet 11. Jan.
#roadmap mohirdev.uz platformasida java dasturlash tili bo'yicha kurslar bor ekan. Ular taklif qilgan mavzular ketma-ketligi: 1. Java Core Java tarixi Java xususiyatlari JDK, JRE va JVM o'rtasidagi farqlar Java muhitini sozlash Javada birinchi dastur O'zgaruvchilar va ma'lumot turlari O’zgaruvchilar va ma’lumot turlarini e’lon qilinishi amaliy mashg’ulot Butun sonlar Arifmetik amallar Char bilan ishlash Floating point O’zgaruvchilar String Javada belgilar va ifodalar String ifodalar Operatorlar Operators amaliyotlari mashg’ulot If tanlash operatori «if» amaliy mashg’uloti switch tanlash operatori switch amaliy mashg’ulot Sikl operatorlari for sikl operatori(For loop) Increment va decrement for sikl operatori 1- amaliy mashg’ulot for sikl operatori 2- amaliy mashg’ulot for sikl operatori break, continue for sikl operatori 3-analiy mashg’ulot tup sonlarni topish while sikl operatori while sikl operatoti 2-dars do while Massiv(array) Massiv 1-amaliy mashg’ulot Massiv 2-amaliy mashg‘ulot max min Java core amaliy mashg’ulot Javada methodlar Javada instanceof Yozish, kompilyatsiya qilish va ishga tushirish Boolean va shart operatorlari 2. OOP OOP ga kirish OOP ni tashkil etuvchilari Object va Class Javada method overloading Javada Constructor Static keyword 1-qism Static method va blocklar Javada Inheritance(merosxo’rlik) 1-qism 9-Javada Inheritance(merosxo’rlik) 2-qism 10-Javada this keyword 1-qism 11-Javada this keywod 2-qism Shu qismi ko'rinarli ekan :) Bundan tashqari umumiy mavzular ro'yxati bor: 🚀 Backend: Java (core, oop collections) Spring boot (Rest API, JPA, Spring Data, Spring security, Websocket) Microservice(OpenFeign, Cloud config, Spring Cloud Gateway, Hystrix, Eureka) 🚀 Frontend: HTML CSS Javascript Vue.js (Component, Data binding, Router, CLI, HTTP method, Events, Props) 🚀 Database: Postgres SQL Joins Functions 🚀 Jhipster: Project yaratish CRUD Liquibase Security(JWT, Keycloak) DTO Mapper Production @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 10. Jan.
#roadmap Kuchli Java dasturchi bo'lish uchun bosib o'tilishi kerak bo'lgan yo'llar bilan tanishamiz, in shaa Alloh. Git Github, Git bash, Git komandalari. Linux. (majburiy emas) Terminal bilan ishlash. Ma'lumotlar tuzilmalari va algoritmlash Array, linked list, binar daraxt... Qidirish, saralash algoritmlari... O(n), O(1), O(log2)... Sport dasturlash bilan shug'ullanish Umumiy dasturlash malakalari Muammolarni hal qilish... HTTP/HTTPS protokollari... Google dan to'g'ri foydalana olish... Loyihalash na'munalari (design patterns) *****Java***** Java Standart Edition O'zgaruvchi tiplari, Enum, To'plamlar: List, Set, Map OOP Oqimlar, ko'p tarmoq bilan ishlash I/O - kiritish chiqarishni boshqarish, fayllar bilan ishlash Xatoliklar bilan ishlash(Exception handling) Lambda Java ishchi muhitlari IDE'lar: Eclipse, Intellij, Netbeans Qurish uchun: Maven, Gradle, ANT Kuchaytirilgan Java Servlet, JSP, JSF, Kesh xotira bilan ishlash Thymeleaf, Mustache SQL asoslari Asosiy SQL so'rovlari(MySQL, PostgreSQL yoki Oracle) Frameworklar Hibernate Spring SpringBoot Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash JDBC, JpaRepository SQL(MySQL, MariaDB, PostgreSQL, Oracle, SQL Server) NoSQL(MongoDB, Redis) Elastic search, Sphinx Logging log4j, TinyLog, debugging Testlash Unit testlar (JUnit, AssertJ) Mockito, MockServer Mikroservislar Spring Cloud JClouds RabbitMQ Apache Kafka Vazifalarni rejalashtirish(Task scheduling) cron-utils, Aurora DevOps Agile CI/CD Virtualizatsiya: Docker, Kubernates infrastruktura: AWS, NGINX Bular hammasi emas :) asosiysi, bilimga chanqoq va yangilikka intiluvchan bo'lishligimiz kerak))
Hashtags
Gepostet 3. Jan.
#roadmap#java Mendan yaqin orada bir necha kishi roadmap uchun na'muna berolasizmi deb so'rashdi. Shu haqida Alloh qodir qilganicha to'xtalib o'tamiz, demak, boshladik. Avvalo bu sohadagi bilimlarni bir-biridan farqlarini o'rgatgan Allohga hamdlar bo'lsin. Dasturlash tillari talaygina va ularni ichidan eng ko'p foydalaniladiganlari ham anchagina. Aynan bir dasturlashni ichiga kirsak ham, bu til bir nechta sohalar uchun qo'llaniladi va bu sohalar bir-biridan farq qiladi. Misol uchun, java dasturlash tili: 3 qismdan iborat , ular — SE(Standart Edition), EE(Enterprise Edition) va ME(Micro Edition). Qisqacha qilib tushuntirganda, Java dasturlash tilini desktop ilovalar ishlab chiqish uchun(SE), android ilovalar ishlab chiqish uchun(ME), web-servislar ishlab chiqish uchun(EE) yoki istalgan boshqa sohalar uchun ishlatish mumkin. Yetkazmoqchi bo'lganim, har bir yo'nalishda boshqa-boshqa narsalar o'rganiladi, java core bundan mustasno. Ya'ni qaysi yo'nalishda ketishdan qat'iy nazar, java core'ni o'rganishga majburmiz. Bu umumiy sintaksis va hamma sohada ham zarur bo'lgan prinsplar(OOP misol uchun), ma'lumot to'plamlari, sikllar, ma'lumot turlari va hokazolarni o'z ichiga oladi. Yo'l uchun xarita tanlashdan avval, qaysi yo'ldan yurishimizni tanlab olishimiz kerak bo'ladi. Aynan biror sohani o'rganish uchun roadmap yozilsa, menimcha maqsadga muvofiq bo'lardi va sizlardan shuni so'ramoqchimanki, qaysi yo'nalish bo'yicha roadmap tayyorlanishini istagan bo'lar edingiz? 1. Web developer 2. Android developer 3. Desktop developer 4... Sizning xohishingiz Fikrlaringizni qoldiring. Shu bo'yicha keyingi maqolalarni tayyorlaymiz. @it_suhbat
Gepostet 3. Jan.
#roadmap#java The post is currently in progress (ashnaqa dermidi😁😉) @it_suhbat