Inhalt
#java#internship#SICNT "Yangi Texnologiyalar" ilmiy-axborot markazi java backend dasturchilarni stajirovkaga taklif qiladi! Stajirovkadan ishgacha bo'lgan yo'l 3 bosqichni qamrab oladi: 1. Texnik suhbat - nomzodlarning ichidan 10 kishi saralab olinadi. 2. 2 haftalik rejalashtirilgan topshiriqlar ketma-ketligi. 3. 1 oylik real proyektlarda stajirovka(muddat har bir dasturchining o'ziga ham bog'liq) Texnik suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar 2 haftalik reja asosida beriladigan topshiriqlarni bajarishadi. Stajorlar uchun alohida 10 kishilik kompyuterlar bilan jihozlangan xona tashkil qilinadi. Topshiriqlarni to'g'ri va iloji boricha optimal yo'l bilan hal qilgan nomzodlar real proyektlarda tajriba orttirishadi. Bu muddat o'rtacha 1 oy davom etadi. Buni uzayish ehtimoli dasturchining proyektlarga moslashib ketishiga teskari proporsional :) Stajirovka davomida kelib-ketish va oziq-ovqat uchun harajatlarni qoplash maqsadida 1-2 mln kompensatsiya puli ham beriladi 💸 Stajirovkani muvaffaqiyatli tamomlaganlar ishga qabul qilinadi😊 Nomzodlardan talab qilinadi: - Java core bo'yicha mustaxkam bilim - Kuchli logika - PostgreSQL yoki Oracle bo'yicha boshlang'ich bilim - Spring framework, Spring Boot, Spring Data va Spring Security bo'yicha bilim - Maven yoki Gradle - Java 8+ - Qiyinchiliklarga moslashish va shaxsiy rivojlanishga bo'lgan xohish - Dokumentatsiya o'qish darajasida rus va ingliz tili plus bo'ladi Bizdan taklif: - Shahar markazida qulay ofis - Stajirovka davrida tajribali ustozlar - Ishga qabul qilishda 5-6 mln va keyinchalik o'suvchan oylik - Ajoyib va axil jamoa - Respublika miqiyosidagi proyektlar - Ishdan bo'sh vaqtlarda ping-pong, ishxona hisobidan futbol zal va basseyn O'z ustingizda ishlashni to'xtatmang, intiluvchan kadrlar har doim hamma joyda kerak @it_suhbat