TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
Tag: #internship · 4 Beiträge
Gepostet 16. Feb.
#SICNT#internship Suhbat davom etyapti. Kecha maksimal daraja - bir vaqtni oʻzida 7 kishini suhbat qildik🔥 Konkurensiya kuchli, kelmaganlar yaxshiroq tayyorlaning va unutmangki, hamma narsa yaxshilikka😊 bu joy boʻlmasa, bundan yaxshisi kutib turibdi sizni. Asosiysi harakatni toʻxtatmang! @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 12. Feb.
#internship#SICNT Assalomu alaykum! Stajorlik boʻyicha rezyume yuborganlar, bizni ham tushuning, juda koʻpchiliksizlar, hammasini koʻrib chiqishga hali vaqt boʻlmadi. Koʻrganlarimiz va suhbat qilishga ma'qul deb bilganlarimizni navbat bilan chaqiryapmiz. Agar siz hali chaqirilmagan boʻlsangiz, shunchaki kuting va kutish davomida suhbat uchun tayyorlaning. Agar ancha muddat, misol uchun 20 kun oʻtganidan keyin ham chaqirilmasangiz, demak nimadir bizga toʻgʻri kelmagan boʻladi. Qayta aytaman, suhbat java core, SQL va Spring boʻyicha boʻladi. Shu uchchalasidan qaysidir birini bilmasangiz, sizda stajirovkaga kirish ehtimoli pasayadi. Tanlov imkoniyati juda katta, shuni hisobga olib suhbatda savollarga maksimal darajada javob berishga harakat qiling. Tushunganingiz uchun rahmat🙂 @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 8. Feb.
#java#internship#SICNT "Yangi Texnologiyalar" ilmiy-axborot markazi java backend dasturchilarni stajirovkaga taklif qiladi! Stajirovkadan ishgacha bo'lgan yo'l 3 bosqichni qamrab oladi: 1. Texnik suhbat - nomzodlarning ichidan 10 kishi saralab olinadi. 2. 2 haftalik rejalashtirilgan topshiriqlar ketma-ketligi. 3. 1 oylik real proyektlarda stajirovka(muddat har bir dasturchining o'ziga ham bog'liq) Texnik suhbatdan muvaffaqiyatli o'tgan nomzodlar 2 haftalik reja asosida beriladigan topshiriqlarni bajarishadi. Stajorlar uchun alohida 10 kishilik kompyuterlar bilan jihozlangan xona tashkil qilinadi. Topshiriqlarni to'g'ri va iloji boricha optimal yo'l bilan hal qilgan nomzodlar real proyektlarda tajriba orttirishadi. Bu muddat o'rtacha 1 oy davom etadi. Buni uzayish ehtimoli dasturchining proyektlarga moslashib ketishiga teskari proporsional :) Stajirovka davomida kelib-ketish va oziq-ovqat uchun harajatlarni qoplash maqsadida 1-2 mln kompensatsiya puli ham beriladi 💸 Stajirovkani muvaffaqiyatli tamomlaganlar ishga qabul qilinadi😊 Nomzodlardan talab qilinadi: - Java core bo'yicha mustaxkam bilim - Kuchli logika - PostgreSQL yoki Oracle bo'yicha boshlang'ich bilim - Spring framework, Spring Boot, Spring Data va Spring Security bo'yicha bilim - Maven yoki Gradle - Java 8+ - Qiyinchiliklarga moslashish va shaxsiy rivojlanishga bo'lgan xohish - Dokumentatsiya o'qish darajasida rus va ingliz tili plus bo'ladi Bizdan taklif: - Shahar markazida qulay ofis - Stajirovka davrida tajribali ustozlar - Ishga qabul qilishda 5-6 mln va keyinchalik o'suvchan oylik - Ajoyib va axil jamoa - Respublika miqiyosidagi proyektlar - Ishdan bo'sh vaqtlarda ping-pong, ishxona hisobidan futbol zal va basseyn O'z ustingizda ishlashni to'xtatmang, intiluvchan kadrlar har doim hamma joyda kerak @it_suhbat
Hashtags
Gepostet 7. Feb.
#java#internship Anchadan beri rejalashtirilayotgan va kutilayotgan yangilik! O'zbekiston Respulikasi Davlat Soliq Qo'mitasi huzuridagi "Yangi Texnologiyalar" ilmiy-axborot markazi java backend dasturchilarni stajirovkaga qabul qilishni boshladi😊 To'liq ma'lumotni kanalga joylayman, stajirovka 3 bosqichda bo'lishligi ko'zda tutilgan. Tanishlaringizga ulashishingiz mumkin @it_suhbat
Hashtags