Inhalt
#internship#SICNT Assalomu alaykum! Stajorlik boʻyicha rezyume yuborganlar, bizni ham tushuning, juda koʻpchiliksizlar, hammasini koʻrib chiqishga hali vaqt boʻlmadi. Koʻrganlarimiz va suhbat qilishga ma'qul deb bilganlarimizni navbat bilan chaqiryapmiz. Agar siz hali chaqirilmagan boʻlsangiz, shunchaki kuting va kutish davomida suhbat uchun tayyorlaning. Agar ancha muddat, misol uchun 20 kun oʻtganidan keyin ham chaqirilmasangiz, demak nimadir bizga toʻgʻri kelmagan boʻladi. Qayta aytaman, suhbat java core, SQL va Spring boʻyicha boʻladi. Shu uchchalasidan qaysidir birini bilmasangiz, sizda stajirovkaga kirish ehtimoli pasayadi. Tanlov imkoniyati juda katta, shuni hisobga olib suhbatda savollarga maksimal darajada javob berishga harakat qiling. Tushunganingiz uchun rahmat🙂 @it_suhbat