Inhalt
#timeout Ancha oldin java boʻyicha ozmi koʻpmi master class'lar uyushtirgan edik. Oradagi bir muddat bosimning ortishi(ish, oila, oʻz ustimda ishlash) bu odatimizni davom ettirishga vaqt qoldirmagan edi. Hudo xohlasa #comeback qilamiz. Endi koʻproq fokusni yana shu ommaga bilim berishga qaratamiz, albatta, ishdan boʻsh vaqtlarda😁 Oldingi va hozirgi holatdagi kanal a'zolari sonida oʻzgarish bor va yangi qoʻshilganlar qay darajada ekanligidan xabarim yoʻq. Kelinglar biror kun umumiy suhbat qilib hammani oʻrtacha darajasini va qayerdan boshlashimiz kerakligini kelishib olamiz. Kimda qanday fikr bor? Uyushtiriladigan online suhbatda iloji boricha hamma qatnashsa yaxshi boʻlar edi, chunki saviyani ham shunga qarab oʻrtacha olar edik. Oradagi zerikarli muddat uchun uzr soʻrayman😊 @it_suhbat