TGINSIGHT CHAT
IT suhbat
@it_suhbat
TechnologienFaqat Java. Hayot(im)dagi qiziq narsalar: @abdulvahid_ahmad
Aktuelle Beiträge
Tag: #comeback · 2 Beiträge
Gepostet 16. Feb.
#timeout#comeback Assalomu alaykum! 18.02.2022 kuni soat 21:00 da umumiy suhbat o'tkazamiz va hammaning o'rtacha darajasini, qayerdan boshlab ketishimizni kelishib olamiz. Hudo xohlasa ommatan ilm tarqatishni joriy qilamiz. IT sohasi O'zbekistonni rivojlantirish uchun optimal yechimlardan biri. Oilaviy sharoiti yomon bo'lgan odamning oilasini bu holatdan olib chiqa oladigan daromadli soha. Aqliy rivojlanish talab qiladigan, odamni o'z ustida ishlashga majbur qiladigan dunyodagi eng yetakchi soha. Safdoshlarimizni ko'paytiraylik, soninigina emas, sifatini ham oshiraylik. Ilm ulashishga hamkorlik qila oladigan ustozlardan ham master classlar kutib qolamiz. Millatni uyg'otish — uyg'onganlarning vazifasi Cho'lpon @it_suhbat
Gepostet 13. Feb.
#timeout Ancha oldin java boʻyicha ozmi koʻpmi master class'lar uyushtirgan edik. Oradagi bir muddat bosimning ortishi(ish, oila, oʻz ustimda ishlash) bu odatimizni davom ettirishga vaqt qoldirmagan edi. Hudo xohlasa #comeback qilamiz. Endi koʻproq fokusni yana shu ommaga bilim berishga qaratamiz, albatta, ishdan boʻsh vaqtlarda😁 Oldingi va hozirgi holatdagi kanal a'zolari sonida oʻzgarish bor va yangi qoʻshilganlar qay darajada ekanligidan xabarim yoʻq. Kelinglar biror kun umumiy suhbat qilib hammani oʻrtacha darajasini va qayerdan boshlashimiz kerakligini kelishib olamiz. Kimda qanday fikr bor? Uyushtiriladigan online suhbatda iloji boricha hamma qatnashsa yaxshi boʻlar edi, chunki saviyani ham shunga qarab oʻrtacha olar edik. Oradagi zerikarli muddat uchun uzr soʻrayman😊 @it_suhbat