TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
“Sharhi Aqiydatut-Tahoviya” kitobida o’zimga kerakli ma’lumotni o’qib qoldim: “Va, albatta, Qur’on Allohning kalomidir. Qur’on U Zotdan kayfiyatsiz (anglab bo’lmaydigan, tafsilotsiz) so’z bo’lib zohir bo’ldi. U zot uni O’z Rasuliga vahiy sifatida nozil qildi. Mo’minlar uni ana shu holda “xaq” deb tasdiq qildilar va uni “Xaqiqatda Allohning kalomi” deb qattiq ishondilar. U odamlarning kalomiga o’xshab, mahluq emasdir. Kim uni eshitsa-yu, basharning (insoniyatning) kalomi, deb da’vo qilsa, batahqiq, kofir bo’lar. Batahqiq, unday odamlarni Alloh mazammat(ta’na) qilgan, ayblagan va unga do’zax ila do’q urgan.”