TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Kuchsizlar kuchi
Kuchsizlar kuchi avatar

TGINSIGHT POST

Post #130

@kuchsizlarningkuchi

Kuchsizlar kuchi

Ansichten462Anzahl der Ansichten
Gepostet27. Mai27.05.2025, 06:26
Beitragsinhalt

Inhalt

Rosy Retrospection: Nega katta avlod Sovet Ittifoqini sog‘inadi? Ittifoq davrida katta bo‘lgan avlod vakillari bilan suhbatlashganimda, ulardan ko‘pincha Sovet davrida yashash osonroq bo‘lgani, narxlar oyliklarga nisbatan arzonroq ekani va tovarlar hozirgiga qaraganda sifatliroq bo‘lgani haqida ko’p eshitaman. Bu haqda ko‘p o‘ylaganman: rostdan ham shunday bo‘lganmi, deb. Biroq ushbu holatga obyektiv baho berilsa, Sovet davrida yashash hamma tasavvur qilganidek oson bo‘lmagan. Tovarlarda hech qanday xilma-xillik bo‘lmagan, narxlar esa partiya tomonidan nazorat qilinganligi sababli arzon tuyilgan. Biroq bu narx nazorati aslida xalqning daromadidan kesib olingan. Undan tashqari, 'tekin' uy-joy va ta’lim ham aslida xalqdan yig‘ilgan soliqlar hisobidan moliyalashtirilgan. Sifatsiz avtomobillar va xonadonlar uchun odamlar o‘n yillab navbatda turishgan. Tovarlarning sifati juda past bo‘lgani uchun ham Sovet Ittifoqi 1970-yillardan keyin deyarli hech qanday sanoat mahsulotini eksport qila olmagan. Ittifoq so‘nggi yillarda deyarli barcha mahsulotlarni neft va gazdan topilgan mablag‘ evaziga import qila boshlagan. Na rahbariyatda, na oddiy ishchilarda mahsulot va xizmatlarni yaxshilashga ishtiyoq bo‘lmagan, chunki muammolarni hal qilish uchun hech qanday rag‘bat yo‘q edi. Dokonlarda kerakli tovarlar yetishmasdan keraksizlari xandan ziyod ko’p bo’lgan. Hozirgi davr bilan solishtirilganda, o‘rtacha xo‘jalikning yashash sharoiti 80-yillarda og‘irroq bo‘lgan. Biroq, o‘sha paytda hamma deyarli bir xil sharoitda yashagani uchun, odamlar orasida bir birini solishtirish holati bo‘lmagan. Agar hamma birdek kambag‘al bo‘lsa, odamlar o‘zlarini nochor deb hisoblamaydilar. Aynan shu holat Sovet Ittifoqiga xos edi. Menimcha, katta avlodning Sovet davrini sog‘inishining asosiy sababi — nostalgiya va bolalik xotiralari. Ular o‘sha davrda ulg‘ayganliklari sababli ko‘proq ijobiy tomonlarini eslaydilar, salbiy jihatlarini esa unutishga moyil bo‘ladilar. Bu holat psixologiyada Rosy Retrospection — ya’ni "gullangan" o‘tmishni eslash effekti deb ataladi. 📚Manba:Transition Economies: Political Economy in Russia, Eastern Europe, and Central Asia. @req404