TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Kuchsizlar kuchi
Kuchsizlar kuchi avatar

TGINSIGHT POST

Post #15

@kuchsizlarningkuchi

Kuchsizlar kuchi

Ansichten212Anzahl der Ansichten
Gepostet4. Apr.04.04.2024, 19:15
Beitragsinhalt

Inhalt

Makiavellining ta’kidlashiga ko’ra, Rimliklar ham monarxiyani shakllantirishga urinishgan, bu usul quyidagicha edi: “Ular monarxning o’rniga ikkita saylangan konsulni qo’yishdi, lekin aksariyat tartiblar o’zgarmasdan qoldi- Imperatorga 12 liktor(qo’riqchi) xizmat qilar edi, konsulning ixtiyorida shunday qoldi. Monarx har yilgi qurbonlik keltirish marosimini shaxsan o’zi o’tkazar edi, bu juda katta voqea edi, buni ko’rish uchun juda katta olomon to’planardi. Respublika bu udumni saqlab qoldi, rimliklar “Faqat qurbonlik keltirish uchun boshliqni saylashib, uni qurbonlik qiluvchi podshoh deb atashdi.” Monarxiya qayta tiklanishini talab qilgan odamlarni shu va shunga o’xshash usullar qoniqtirardi.”