TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Kuchsizlar kuchi
Kuchsizlar kuchi avatar

TGINSIGHT POST

Post #25

@kuchsizlarningkuchi

Kuchsizlar kuchi

Ansichten221Anzahl der Ansichten
Gepostet11. Apr.11.04.2024, 18:56
Beitragsinhalt

Inhalt

Inson o’lishidam oldin yashab o’tgan umrini bir lahza yodga olar ekan. U qurgan imoratlar-u, farzandlariga meros qilib qoldirib ketayotgan mol-mulklarni emas, hayoti davomida qilgan ezgu amallarini, hayotining oilasi, do’stlari, yaqin insonlari bilan birga o’tkazgan eng bahtiyor onlarini, hayoti davomida qilgan yomonliklariyu, yaqin va boshqalarning ko’ngillariga bergan ozorlarini eslasa kerak. Shuning uchun men hayotimning har bir lahzasini o’zim qilganimdan so’ng afsus qilmaydigan tarzda o’tkazishim lozim. Insonlar bilan bo’ladigan munosabatlardagi bo’ladigan tushunmovchiliklarga kelsak, Bir safar indamasam hech narsa qilmaydi shu sabab ila baxsni to’xtatsam ham menga foydasi bor. Shu bois hayotimni men insonlarga yaxshilim ulashish va insonlarga o’z yordamimni berish orqali dofamin olishim kerak. Chunki insonlarga beradigan yordamingiz ila insonlarning yuzidagi quvonchni ko’rib insoning bahr-u dili yayraydi, bolalarnikini aytmasa ham bo’ladi.