Inhalt
Musulmon olamida natsionalizm (millatchilik) tarixidan Bugungi kunda musulmon xalqlarining bir ummat sifatida shakllana olish yoʻliga asosiy gʻov boʻlib hisoblanadigan "Millatchilik" uzoq tarixga ega emas. Millatchilik, avvalo, Yevropada XV-XVII asrlarda milliy davlatlar shakllanish jarayoni boshlangan vaqtda ildiz olgan. Yevropada XVII asrdan boshlab davlatlar milliy davlat maqomiga ega boʻlgan. Musulmon olamida esa bu jarayon ancha keyin sodir boʻlgan. Yaqin musulmonlar tarixining paradokslaridan biri shundaki, musulmon dunyosida millatchilikning paydo bo'lishi zamonaviy islomiy islohot (reform) (bizda jadidchilik harakatlari) harakatlarining kuchayishi bilan bog'liq. XIX asr oxirlarida Jamoliddin Afg'oniy (vaf. 1897) Misr bosh muftiysi Muhammad Abduh (vaf. 1905) bilan birgalikda salafiylar oqimiga asos soladi. Afg'oniy va Abduh islomni modernizatsiya qilishni xohlashadi va musulmon dunyosi bo'ylab qabilaviy va milliy chegaralarni kesib, umumislomiy harakat o'rnatish uchun kampaniya tuzishadi. Afg'oniy va Abduhga sodiq bo'lgan, zamonaviylashtirilgan islom haqidagi qarashlaridan ilhomlangan bir qator yozuvchilar jamiyat va davlatni qanday tashkil qilish kerakligi haqida yangi g'oyalarni ilgari surdilar. Ular zamonaviylikni asosan g'arbiy fikrlash usullari va ijtimoiy tashkilot nuqtai nazaridan ko'rdilar. Afg'oniy va Abduhdan keyingi avlodda, 20-asrning boshlarida arablar, xususan, misrliklar, tunisliklar va turklar o'rtasida millatchilik yaqqol namoyon bo'la boshladi. Millatchilik "à la Europe" g'oyasini qabul qilishda, ular unga mahalliy rang berishlari muqarrar edi. Shunday qilib, "diniy millatchilik", "mintaqaviy millatchilik", "madaniy millatchilik" va "etnik millatchilik" e'lon qilindi. Dastlab, bu brendlar o'rtasida aniq bo'linish boʻlmagan va Islom har doim ochiq shaklda bo'lmasa ham, yashirin shaklda bo'lgan. Ammo o'n to'qqizinchi - yigirmanchi asrlarning boshlarida ko'proq lingvistik va irqqa asoslangan millatchilik birinchi o'ringa chiqdi. Turli milliy harakatlar turli chaqiriqlarga javoban vujudga kelgan. Misrda millatchilik, ham Yevropa mustamlakachiligiga, ham qoloq va zulmat sifatida ko'rilgan an'anaviy Islomga, shuningdek, islomdan oldingi Misr tarixining qayta kashf etilishiga munosabat sifatida paydo bo'ldi. - 1922 yilda Tutanxamun maqbarasi kashf etilib, uning ochilishi fir'avnlar tarixi va islomdan avvalgi kimlik Misrga katta qiziqish uyg'otdi. Muhammad Ali davrida saroy shoiri bo'lgan Ahmad Shavqiy Misrning fir'avn o'tmishidan ilhom olgan Misr millatchiligi da'vatchisiga aylandi. Shunday qilib, Misr millatchiligi Britaniya ishg'oliga barham berishga urinish sifatida paydo bo'ldi. - Livanda millatchilik Yevropa kuchlarining himoyasi ostida ko'proq avtonomiya olishga intilgan arab nasroniylari tomonidan joriy qilingan. - Suriya va Falastinda musulmonlar va nasroniylar birga yashab, ularning umumiy "milliy rishtalari"ga e'tibor qaratildi. - Turk millatchiligi davom etayotgan tanazzul va oxir-oqibat xalifalik va Usmonli imperiyasining qulashi, shuningdek, Yevropaning doimiy va kuchayib borayotgan bosimidan kelib chiqdi. Kamol Otaturk va Yosh turklar agressiv ravishda islomga qarshi edilar va Islomni Turkiyani modernizatsiya qilish uchun asosiy to'siq sifatida ko'rdilar. Turk millatchiligining asosi turk bo'lishdan g'ururlanish va Yevropaga to'liq va mukammal taqlid qilish edi. - Aksincha, Hindiston yarimorolidagi musulmon millatchiligi kuchli islomiy ildizlarga ega edi. Hind musulmonlari rahbarlari, shoir va faylasuf Muhammad Iqbol kabi, Hindiston musulmonlarining islomiy kimligi hindlar hukmronlik qiladigan Hindistonda gʻarq boʻlib ketishini his qildilar. - Pokiston harakatining asosiy maqsadi musulmonlar uchun ularning oʻzligi va dinini himoya qiladigan alohida vatanga ega bo'lish edi. Biroq, barcha milliy harakatlar bir maqsad yoʻlida yakdil fikrda edilar: bu Yevropa siyosiy nazariyasi, uning asosi milliy davlat bo'lgan, ular buni oʻzlari uchun andoza qilib olishgan edi. © Asadov Muhammad Dovud Ulashing 👉@Islommerosi