TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
XVIII asrning oxiridayoq buyuk Fransuz faylasufi Monteskyo kambag’allik va taraqqiyot masalasiga geografik yondashuvni ilgari surgan va o’z xulosasini taqdim etgan. Uning fikricha, tropik mintaqalarda yashaydigan aholi ko’pincha dangasa bo’lgan va ularda qiziquvchanlik yetishmagan. Oqibatda ular ishchanlik va yangillikka intilish yo’qligi sababli kambag’al bo’lib qolgan. Monteskyoning yana tahmin qilishicha, ishyoqmas xalqlarni odatda zolim hukmdorlar boshqaradi. Monteskyoga ko’ra, nafaqat qashshoqlikni, balki iqtisodiy tanazzul bilan bog’liq bo’lgan boshqa siyosiy hodisalar, masalan, diktaturani ham tropik hududda joylashganlik bilan izohlash mumkin.