Inhalt
Monteskyoning fikricha boshqaruv shakliga ko’ra Respublika bo’lgan davlatlarda erkinlik fazilati yo’qolsa mamlakat tabiatining o’zgarishi haqida “Qonunlar Ruhi” kitobida shunday yozadi: “Moyil qalblar shuhratparastlikka to’ladi va hamma ta’magirlikni yuqtiradi. Istak predmetlari o’zgaradi: Ilgari sevganlarini endi sevishmaydi; Ilgari qonunlarga ko’ra erkinlik bor edi, endi esa noqonuniy erkinlikni istashadi; Fuqarolar o’zini xo’jayinidan qochgan quldek tutadi; Qoida bo’lgan narsa endi qattiqo’llik bo’lib tuyula boshlaydi; Intizom bo’lgan narsa cheklovga aylanadi; Ehtiyotkorlik (sabr)ni qo’rqoqlik deb atashadi, o’ziga tortqilash chanqoqligini emas, balki mo’tadillikni ochko’zlik deyishadi. Ilgari xususiy mulk jamoatchilik xazinasini tashkil qilgan bo’lsa, endi jamoatchilik xazinasi mulkka aylanadi. Respublika o’ljaga, uning kuchi esa ozchilik qudrati va umumiy o’zboshimchalikka aylanadi.”.