Inhalt
Sun'iy Taffakkur katta ishsizlikka olib keladimi? Hozirgi kunda eng ko’p muhokamaga sabab bo’layotgan mavzulardan biri bu, albatta, Sun'iy Tafakkur (Artificial Intelligence). Ko’plab, asosan takroriy harakatlardan iborat bo'gan kasblarni o’rnini bosishi aytilmoqda. Kelajakda hisobchi, kotib/kotiba, data entryga bog’liq kasblar va umuman mijozlarga xizmat ko'rsatishning asosiy rollari (call-center ishchilari kabi kasblar) yo’q bo’lib ketishi kutilmoqda. Va shu o’rinda hattoki dasturchilarning ham o’rni olinadi degan xavf ham bor. Lekin aslida, ko’pchilik kasblar butunlay yo’q bo’lib ketmaydi, aksincha ular shunchaki boshqacharoq ko’rinishga keladi. Misol uchun, industrial davrda avtomatizatsiya tufayli ishlab chiqarish tezligi oshgan, aytaylik uch soatda bitta shim tikadigan tikuvchi endi tsexda ishlab, tikuv mashinasi yordamida shu uch soatda uchta shim tikib boshlagan. AI ham huddi shu kabi ko’plab oraliq protsesslarni avtomatlashtiradi, lekin oddiy mashinalardan farqli o’laroq bu gal analitik, ya’ni insonning zakovati kerak bo’ladigan vazifalar avtomatlashtiriladi. Bu tendentsiya istalgan ish joyida yaxshiroq natijaga olib keladi. Misol uchun, qaysidir firmaning ishchisi boshlig’i buyrug’iga ko’ra yangi sotilishi kutilayotgan mahsulot haqida ma'lumot tuzishi kerak bo’lsa, bunda sun'iy intellekt shu mahsulot segmenti bo’yicha ma'lumotlarni o’zi topib, tahrirlaydi, kerakli va keraksiz qismlarini ajratib, uni chiroyli prezentatsiya ko’rinishiga keltira oladi. Bu yerda ishchi faqat moderatorlik qilib, AI-ga instruktsiya berib, xatolarini to’g’irlab turadi. Suniy Taffakkursiz harakat qilganda bu vazifa uchun bir kun ketar edi, endi esa bu vazifaga 1-2 soat ketadi. BCG qilgan tadqiqotda ko’rishimiz mumkunki, Chat-GPT yordamida malakasi kam bo’lmagan ishchilar malakali ishchilar bilan deyarli bir xil natijaga erishishgan. Lekin bu tadqiqot asosan matnga asoslangan vazifalarda o’tkazilgan (Excel tuzish, Wordda Ariza tuzish etc). GPT – language model bo’lgani uchun matnli vazifalarni yaxshiroq qiladi, boshqa turdagi vazifalar bilan ishlashda qiynalishi mumkin. Umuman olganda, GPT kabi til modellari ko’plab analitik firmalarning daromadlarini oshishiga olib keladi va shu kabi xizmatlarning narxini tushishiga sabab bo’ladi. Buning eng yaxshi tarafi ko’plab bizneslarga kirish osonlashadi. Chunki oldinlari siz yangi korxona ochsangiz, kimdir hisobchi, kimdir kotiba bo’lishi, kimdur uchrashuvlar belgilashi, kimdur marketing bilan shug'ullanishi va yana kimdur websayt ustida ishlashi kerak bo’lardi. Bu uchun butun bir jamoalar tuzilar edi; kattagina bir boshlangich kapital tikilishi kerak edi. Endi esa tadbirkor o’zi hammasini Sun'iy Taffakkur yordamida amalga oshirishi mumkin bo'ladi.