Inhalt
Intellektual yolg‘izlik siz o'ylagandan ancha murakkab narsa, bu shunchaki saviyali suhbatlarni istash emas. Bu murakkablikni anglab yetadigan odamlar naqadar kam ekanligini anglab yetishdir. Odamlarning tushunishga intilish o‘rniga, o‘zlarini haq deb his qilish uchun shoshma-shosharlik bilan javob topishga urinishlarini kuzatishdir. Bu odamlarning sarlavhalar, yuzaki taassurotlar va ijtimoiy tarmoqlardagi so‘nggi videolardan butun dunyoqarashlarini shakllantirishlarini ko‘rishdir. Bu sizning fikrlaringiz, qarashlaringiz kimningdir qolipiga sig‘maganda yuzaga keladigan sukunatdir. Bu kibr emas. Bu - sizning fikrlaringizni tushunmaydigan odamlar oldida aytishingiz mumkin bo‘lgan gaplarning ichingizda yig'ilishidan paydo bo'lgan charchoqdir. Fikrlashingiz o'sgach, oddiy suhbatlar sizni zeriktirish u yoqda tursin, begonalashtiradi. Siz shunchaki aqlli odamlarni emas, balki hali ham fikrlashda davom etayotgan insonlarni izlaysiz. ...