TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Zurück zu Kanälen
Limit Of Humanity avatar

TGINSIGHT CHAT

Limit Of Humanity

@limitofhumanity

Politik

Bizning chegaramiz o'zi qayerda...?

Abonnenten36Aktuelle Abonnentenzahl
Erfasste Beiträge666Indizierte Beitragsanzahl
Aktuelle Reichweite230Ansichten der letzten Beiträge
Aktuelle Beiträge

Aktuelle Beiträge

S. 1 von 56 · 666 Beiträge

Gepostet vor 9 Tagen

Geografiya mahkumlari kitobini Rossiya, Xitoy va AQSHga bag'ishlangan boblarini o'qib turib bir narsani sezish mumkinki, bugungi kunda global darajada xavfga Rossiya qodir emas.Bu davlat o'z o'rnini ancha avval Xitoyga bo'shatib berganini Tim Marshal keng miqyosda bayon etibdi)

11 views

Gepostet vor 9 Tagen

Twitterdan. http://booktopia.uz/quiz Foizdan tashqari bir xil chiqaryabdi shekilli.

16 views

Gepostet vor 9 Tagen

Xarid qilindi. Bu yil kutubxonamga sovg'a va xaridlar hisobiga o'n beshdan ortiq kitob qo'shildi.Menimcha yil yakunigacha jiddiy chegirma yuz bermasa boshqa xarid qilmasam kerak.Har xolda o'qish ham kerak bularni)

18 views

Gepostet vor 10 Tagen

Gapning po'stkallasi Xitoy kuchli strategik intellekt yordamida Malakka bo'g'ozini quruqlikdan aylanib o'tib resurslarning doimiy zaxira ta'minotini ta'minlamoqda. Ma'no? Ma'no shundan iboratki Xitoy bu orqali Malakka bo'g'ozi AQSH va uning ittifoqchilari yordamida to'sib qo'yilib iqtisodiyotni bo'g'ishga bo'lgan harakatlarga qarshi quruqlikdan qisqaroq yo'l bilan pokistonga chiqib keyinchalik dengiz yordamida arab neftini import qilishga intilmoqda.Zaxira taktikaga gap yo'q)

18 views

Gepostet vor 11 Tagen

Xitoy kommunistlari 1949-yil Gomindan partiyasi tarafdorlarini o'z hududida mag'lub qilib Tayvan oroliga chekinishga majbur qilganidan so'ng 1951-yil Tibetni ham o'z tarkibiga qo'shib olishga muvaffaq bo'lishadi.Tibet ko'rinishidan quruq tog'lardan iborat bo'lib ko'ringani bilan o'zida bir qancha strategik maqsadlarni jam qilardi.Birinchi maqsad o'sha payt yangi mustaqillikka erishgan Hindiston tomonidan egallab olish xavfini bartaraf qilish bo'lsa, ikkinchisi Xitoy sivilizatsiyasini rivojlanishiga turtki bo'lgan Xuanxe, Yanszi va Mekong daryolarini boshlanish nuqtasi aynan Tibet bo'lganliki edi. Hindistonning bu hududlarni egallab olishi avvalo Xitoyni suv bilan ta'minlashni kesib qo'yish xavfini oldinga qo'ysa keyingi o'rinda bu hududdan keyin to'g'ridan-to'g'ri Xitoy tekisliklariga qo'shin tushirib erkin harakatlanish imkoniyati mavjudliki edi.Xitoy aynan shu sabablar tufayli anneksiya bilan o'zi uchun tom ma'noda strategik tog'li bufer zona yaratdi)

25 views

Gepostet vor 11 Tagen

Xohlasak-xohlamasak, biz baribir o‘zgaramiz. Eng achunarlisi — bu jarayon allaqachon sodir bo‘lib, yakuniga yetmaguncha, uning qanday yuz berganini hech qachon payqamay qolaveramiz.

20 views

Gepostet vor 11 Tagen

Geografiya mahkumlari kitobi Tim Marshal tomonidan 2015-yil bosmadan chiqarilganidan beri tahminan har yili siyosatga monand tarzda yangilanib kelyotgani ko'rinib turibdi.Kitob siyosatni geografiyaga qaramligini yaqqol ifodasi bo'la oladi.2026-yil Pir Nashriyotida bosib chiqarilishi ham ideal vaqt bo'ldi, chunki kitobda ko'plab yangi voqealar bayon etilgani yoqimli tuyuladi.Har yili yangilanishini hisobga olsak keyingi davrda yana asos saqlab qolinib yillik yangiliklar qo'shib borilsa kerak.Balkim yangi nashrni nashriyotlarimiz bir necha yildan so'ng ham chiqarishlari mumkin. Hozircha ilk bob bo'lgan Rossiyani o'qib tugatdim(83 bet).Kitob yozilishi qiziqarli, zeriktirmaydi, xaritalar bilan boyitilgan, qiziquvchi odamlar kuniga 100-150 betdan ortiq o'qib qo'yishi mumkin)

21 views

Gepostet vor 11 Tagen

Qiziq bo'lsa: Rossiya-Xitoy chegarasi dunyodagi eng uzun chegaralarning oltinchisi hisoblanadi. Uning sharqiy qismi 2500 milyaga cho‘zilgan. Mazkur hududga 1858-yilgacha Xitoyga tegishli bo‘lgan Rossiyaning Manjuriya viloyati ham kiradi. Bu Xitoy maydonining o‘ndan biriga teng keladigan ulkan hudud bo‘lib, u Shimoliy Koreya chegarasi tomon egilib, Rossiyaga Vladivostok porti orqali Yapon dengiziga chiqish imkonini beradi. Hududining kattaligi, strategik ahamiyati, shuningdek, suv, foydali qazilmalar, temir kabi ulkan tabiiy boyliklariga qaramay, Tashqi Manjuriya deb ham ataladigan viloyat atigi 4,5 million aholiga ega. Xitoy Manjuriyasida esa 107 million kishi istiqomat qiladi. Rossiyada (rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra) faqatgina 500 ming etnik xitoylik yashashi mumkin, ammo chegaraning narigi tomonida o‘n millionlab odamlar gavjum va tor shaharlarda hayot kechirmoqda. Chegarani qonuniy yoki noqonuniy ravishda kesib o‘tuvchilar soni esa tobora ortib borayotganga o‘xshaydi. Ko‘pchilik Rossiya Manjuriyasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini ko‘rmoqda. 2016-yilda Rossiya hukumati demografik vaziyatdan tashvishlanib, odamlarni Uralning sharqida, jumladan, Tashqi Manjuriyada joylashishi uchun rag‘batlantirishga harakat qildi. Talabgorlarga futbol maydoni hajmidagi bepul yer va‘da qilinishiga va ko‘chib o‘tish uchun saxiy grantlar taklif etilishiga qaramay, bu taklif ko‘pchilikni jalb eta olmadi. U yerlarga kam sonli ruslarning ko‘chib o‘tishi va ba‘zilarining asta-sekin ketishi natijasida vaqt o‘tib Xitoy migratsiyasi Rossiya Manjuriyasida xitoyliklarning ko‘pchilikni tashkil etishiga olib kelishi mumkin. Bu ko‘p jihatdan Xitoyning ichki mehnat bozoriga va Rossiyaning Uzoq Sharqdagi investitsiya loyihalariga bog‘liq. Agar shunday bo‘lsa, Rossiya Manjuriyasi yana Xitoy Manjuriyasining bir qismiga aylanishi ehtimoli mavjud.Putin Xitoyning Yevropada yo‘qotilgan hududlarni qaytarib olish g‘oyasini qo‘llab, Rossiyaning Uzoq Sharqidagi yo‘qotilgan hududlarini qayta egallashi mumkinligi haqidagi kinoyani tushunmagan bo‘lishi mumkin. Pekin uzoq xotiraga ega va kelajakni oldindan ko‘ra biladi. U sabr bilan kuta oladi. Geografiya mahkumlari

21 views

Gepostet vor 11 Tagen

"Katta o'yin" kitobida ham Pyotr vasiyati bilan birgalikda shunga o'xshash fikrlar bayon etilgandi)

23 views

Gepostet vor 11 Tagen

Kulguli tuyuluvchi fakt: SSSR/Rossiya va Yaponiya o'rtasida ikkinchi jahon urushidan beri haligacha tinchlik shartnomasi imzolanmagan.

18 views

Gepostet vor 11 Tagen

O'qib turib xayolga kelgan narsa shu bo'ldiki Yevropada hozirgi holatda Sharl de Gol kabi rahbarlar NATO tarkibidagi davlat boshqaruvida mavjud bo'lganida AQSH prezidentlari shubhasiz uning peshonasidan o'pib qo'yishi mumkin edi.

18 views

Gepostet vor 11 Tagen

Ha mayli fayzimizni bersin)

21 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••5556
ZurückS. 1 von 56Weiter