Inhalt
Odamlar har doim evolyutsiya bo'yicha yashaydi, hayoti davom etarkanki o'sadi rivojlanadi fikrlari o'zgaradi.Men masalan oldingi yozgan narsalarimni o'qib qolsam sal uyalish xato qilganlik xissini tuyaman, bu absolyut to'g'ri narsa aslida. Hozirgi inson yillar davomida harakatda bo'lgan ham aqlan ham jismonan evolyutsiya maxsulidir va buni rad etib bo'lmaydi.Hozirgi darajaga yetguncha har bitta yuz bergan narsaning ta'siri katta aslida.Urushlar, viruslar, inriqozlar, qatliomlar, turmush tarzi va madaniyatlar bizni vaqt silsilasida toblanishga majbur qilgan. Shu jumladan aytish mumkinki demografiyaning o'sishida iqtisodiy barqarorlik turmush tarzini yaxshilanishini tibbiyotning rivojlanishini nazar-pisand ilmay tashlab ketishni sirayam imkoni yo'q.Hozirgi davrda odamlar yuz yoshga yetib yurgan bo'lsa sal kam million yil oldin o'rtacha yigirma-o'ttiz yildan so'ng qariyalar safidan o'rin egallashardi. Odamning yoshi uni intellektini belgilab bermasligiga to'laqonli ishonaman.Bir paytlar bitta pensioner domla bilan qiziq mavzuda tortishgandik.Uning fikricha shunday davrlar kelarkanki odamlar oddiygina xasga ham narvon tashlab chiqadigan darajada kichrayib ketarkan.Bu fikrni eshitib odamni kulgisi keladi chunki ilmiy taraflama qaralsa milodiy asr boshlarida odamlarning o'rtacha bo'yi 150-170sm vazni esa 45-65kg atrofida bo'lgan, hozirgi davrga kelib esa o'rtacha bo'y 160-185sm vazn esa 55-85kg atrofiga yetib keldi.Buning sabablarini esa tepada nozil qilib o'tdim) Xullas kechasi miyaga kelgan overthinking)