TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Limit Of Humanity
Limit Of Humanity avatar

TGINSIGHT POST

Post #195

@limitofhumanity

Limit Of Humanity

Ansichten70Anzahl der Ansichten
Gepostet19. Okt.19.10.2025, 19:52
Beitragsinhalt

Inhalt

Boshginamga agʻanagan katta togʻlar alvido, Men ketarman hasratlanib ruhi sogʻlar alvido, Bu dunyoning shoʻr ishiga navnihollar tebraning, Esliroq bogʻboni yoʻq qoldi bogʻlar alvido. Sayr vaqti bosh egmangiz goʻr ustimga jarrohdek, Yuragimni yorgan bilan unda dogʻlar alvido. Siz kelguncha peshrov qilib ikki yuzlik umrimni, Jigarimni choʻqib ketdi qora zogʻlar alvido. Ey shoiri yorugʻ kunlar hayotingda oz ekan, To oʻlguncha unutmaymiz gʻamli chogʻlar alvido! Asqar Qosim