TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Limit Of Humanity
Limit Of Humanity avatar

TGINSIGHT POST

Post #242

@limitofhumanity

Limit Of Humanity

Ansichten265Anzahl der Ansichten
Gepostet5. Nov.05.11.2025, 20:43
Beitragsinhalt

Inhalt

Uyingizni topib bormasin xatlar, Yomg'irlar chertmasin derazangizni. Sizga hamroh bo'lsin eng og'ir dardlar, Eng mayda dardlar ham qiynasin sizni. Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin, Faqat stol suhbat qursin siz bilan. Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin, O't bilan yashamang, yashang muz bilan. Omadli yo'llarning izini tashlang, Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib. Meni sog'inguncha siz shunday yashang, Men shunday yashayabman sizni sog'inib... Usmon Azim