TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Limit Of Humanity
Limit Of Humanity avatar

TGINSIGHT POST

Post #328

@limitofhumanity

Limit Of Humanity

Ansichten53Anzahl der Ansichten
Gepostet23. Dez.23.12.2025, 09:34
Beitragsinhalt

Inhalt

Shunday g'alati davrda har bir insonni ichida mavjud bo'lgan maraz odamcha menda uyg'ondi. Ish qilsam doim nima ma'no degan savolni aylantirdi, kino tomosha qilsam absurd nazariyasini tiqaverdi kitob o'qisam nima ma'no degan savolni ko'ndalang o'rtaga tashlayverdi.Amerika fojiasini mutolaa qilish paytimda esa avjiga chiqdi yokida kitobni maromi sekinliki uchun o'zini ko'rsatdi.Ha yashirmayman amerika fojiasi qiyin asar voqealar sodda bo'lgani bilan mayda detallar ko'pligi sabab o'qish oson emas ekan.Ammo bir amallab ikkinchi kitobni tugatganimdan so'ng uchinchisini ma'lum bir vaqt o'tib boshlashga harakat qilaman. Bu asar qolgan asarlardan jiddiy ravishda farqli bo'lib juda sekin o'qiluvchi adabiyotlar sirasiga kirarkan.Harakat qilsamda uzog'i ellik varaqdan ko'p o'qish qiyin bo'lyabdi(