Inhalt
Tarixda qarindoshlik rishtalari har doim ham muvaffaqiyatli bo'lavermagan... 1598-yil Abdullaxon II ning toshkentga talonchilik yurishlarini boshlab yuborgan qozoqlarga qarshi yurish payti samarqanddagi bevaqt vafotidan so'ng Buxorodagi Shayboniylar taxtiga so'nggi yillarda otasi bilan kelisha olmagan Abdulmo'min o'tiradi lekin hukmronlikini mustahkamlay olmagani va tabaqalarning ishonchsiz qarashlari sabab otasi Abdullaxonga xayrixoh bo'lgan kuchlar tomonidan o'ldiriladi.Abdulmo'minxonning o'limidan so'ng taxtga Abdullaxonni amakivachchasi bo'lgan Pirmuhammadxon II o'tiradi lekin u ham uzoq vaqt taxtni boshqarolmaydi.Uning taxtdan ag'darilishiga bir paytlar Ivan Grozniy istilosi sabab 1556-yil Astraxandagi taxtidan ayrilgan Ashtarxoniy Yormuhammadning o'g'li Jonibek Sulton bilan Abdullaxonning singlisi Zuxrabegim nikohidan tug'ilgan uch farzandning ikkinchisi(Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) Boqi Muhammad sabab bo'ldi.Jonibek Sulton bilan Zuxrabegimning nikohi qarindoshlik rishtalarini yaratgan bo'lsa, Jo'jixonning o'n uchinchi o'g'li To'qay Temurning avlodlaridan bo'lganliki Boqi Muhammadxonning Buxorodagi Shayboniylar o'rniga o'z sulolasi bo'lmish Ashtarxoniylarning birinchisi bo'lib taxtga o'tirishiga legitim huquq beradi. Umuman olib qaraganda Shayboniylar o'zlarining tutingan "qarindosh"lari tomonidan taxtdan ag'dariladi) ©Lide