TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Limit Of Humanity
Limit Of Humanity avatar

TGINSIGHT POST

Post #458

@limitofhumanity

Limit Of Humanity

Ansichten38Anzahl der Ansichten
Gepostet12. Feb.12.02.2026, 17:35
Beitragsinhalt

Inhalt

Metodistik va pedagogik talant hammada ham mavjud emas. Ammo bunday iste’dod egalarining g‘oyaviy sinishi ayanchli holat. Afsuski, bizda ko‘plab masalalar gohida moddiy manfaat bilan o‘lchanadi. Kasb tanlashda ham, universitetga kirishda ham, hatto tug‘ilish jarayonidayoq manfaat ko‘zlanishi mumkin. Ba’zi insonlar o‘z iste’dodini topolmay umr o‘tkazadi. Ammo o‘z yo‘lida talantga ega bo‘lganlarning ham yetarlicha qadrlanmasligi g‘oyaviy nurashni, kasbdan bezishni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Ayanchli jihati shundaki, talant materiya kabi:bordan yo‘q bo‘lmaydi, yo‘qdan bor bo‘lmaydi. Biroq iste'dodni yetarli darajada baholanmasliki sabab kasbga nisbatan muhabbatdan tug‘ilgan nafratdan individlar o‘ziga yoqqan yo‘ldan butunlay voz kechadi. Aslida hamma ham jiddiy e’tirof talab qilmaydi.Ba’zan shunchaki mehnatni qadrlab, ko‘ngildan chiqqan bir og‘iz rahmat aytishning o‘zi kifoya bo'lishi mumkin...