TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Limit Of Humanity
Limit Of Humanity avatar

TGINSIGHT POST

Post #49

@limitofhumanity

Limit Of Humanity

Ansichten145Anzahl der Ansichten
Gepostet21. Juli21.07.2025, 19:49
Beitragsinhalt

Inhalt

Soqovni qamashdi, Soqov dushmanni, Siyosiy savodsiz, Anqov dushmanni... Qamashdi, Bir kunda, Paysalga solmay. Aybi aniq edi, Aybi ma'lum edi, U dohiy otini To'g'ri aytolmay, Hammaning oldida, "Ishtalin" dedi! Soqchiga mo'ltirar Soqov, Qaltirar, O'ldirishar endi, Uni o'ldirar. Qoldi uy, Qoldi — g'urbatxonasi, G'urbatxonasida — Qari onasi. Yana bir zot ketdi Shunday qilib — Soqovning boshiga Yetdi o'z tili... O'rmonda otishdi, Qor edi qalin. Yiqildi. Xayqirib, Yashashin Ishta-lin! Soqovni otishdi, Anqovligi uchun. To'g'rirog'i — Tug'ma Soqovligi uchun. Qirq yil bo'ldi bunga. Ellik yil bo'ldi-yov. Mana endi, Soqovning onasi — Haqiqiy soqov!.. Soqov duduq edi Munday olganda. Tillashsa bo'lardi O'lmay qolganda. ✍Muhammad Yusuf