Inhalt
Fevral o‘rtalaridan boshlab O‘zbekistonda atmosfera bosimi asta-sekin pasaya boshladi. Bu, asosan, havo massalarining isishi bilan bog‘liq. Odatda issiq havoda atmosfera kengayib, yengillashadi va yuqoriga ko‘tariladi, natijada yer yuzasida bosim pasayadi. Sovuq havoda esa aksincha havo zichlashib og‘irlashadi va pastga cho‘kadi, shu sababli bosim ortadi. Atmosferada bosim farqi paydo bo‘lsa, havo massalari yuqori bosimli hududdan past bosimli hududga qarab harakatlana boshlaydi. Ba’zan fasllar almashuvi davrida ob-havo qisqa muddatga iliqlashib ketadi. Shunday paytda shimol yoki shimoli-sharqdagi sovuq, yuqori bosimli hududlardan kelgan havo oqimlari janubroq hududlarga kirib kelishi mumkin. Fevral oyida ham shunga o‘xshash jarayon kuzatilib, iliqlashib borayotgan muhitga sovuq havo massalari bostirib kirib keldi va fasllar kelinchakini qatli vojib qildi. Bu jarayonda asosiy rolni ko‘pincha antisiklon o‘ynaydi. Antisiklon yuqori bosimli bo‘lib, unda havo yuqori qatlamlardan pastga cho‘kadi va markazdan atrofga tarqaladi. Shu sababli odatda quruq, bulutsiz yoqimsiz keskir havoni olib keladi. Agar antisiklon sovuq havo massalari bilan bog‘liqlikka kirishsa, harorat yanada keskin pasayadi.Agar u issiq hududda shakllansa, yozda jazirama va quruq issiqni kuchaytirishi mumkin. Bunga qarama-qarshi tizim siklondir.Siklonda yer yuzasida past bosim hukm suradi va havo atrofdan markazga oqib kelib yuqoriga ko‘tariladi.Yuqoriga ko‘tarilgan nam havo sovib, bulutlar va yog‘ingarchilikni hosil qiladi. Shu sababli siklon ko‘pincha yomg‘irli yoki qorli ob-havo bilan bog‘liq bo‘ladi. Qish faslida u nisbatan yumshoq va nam ob-havo olib kelishi mumkin, yozda esa ko‘pincha salqinlashish va yog‘inlarni ta’minlaydi ©Lide