TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Limit Of Humanity
Limit Of Humanity avatar

TGINSIGHT POST

Post #577

@limitofhumanity

Limit Of Humanity

Ansichten57Anzahl der Ansichten
Gepostet11. Apr.11.04.2026, 19:12
Beitragsinhalt

Inhalt

O'zim uchun inson kechinmalari ideal yoritilgan o'zbek adabiyotida ikkita asar mavjud.Birinchisi "Chinor" bo'lsa ikkinchisi "Tushda kechgan umrlar". "Chinor" romanida Asqad Muxtor Akbarali atrofida yuz berayotgan narsalar va uning kechinmalarini shunchalik zo'r yozganki inson haqiqattan ham asarga sho'ng'ib ketadi.Vijdon azobi juda ham yaxshi yoritilgan va qolaversa syujetga monand ideal yakun yasagan. O'tkir Hoshimovning "Tushda kechgan umrlar" asari ham o'zim uchun qolgan kitoblariga nisbatan anchayin yuqori o'rinda turadi.Bir nechta obrazlarning taqdiri, kechinmalari, hayot yo'li yoritilishi bilan birgan ikki yosh sevishganning taqdiri va parallel ravishda afg'on urushi kechinmalari yozib o'tilgan.Ko'plab O'zbek adabiyotlarida uchraydigan antoganist obrazi ko'plab hollarda umuman yoritilmasa ham kerak.Bu asarda esa o'sha antoganistning yani odamlarni tabiri bilan aytganda salbiy obrazning salbiylikka sabab bo'lgan qadamlari va ushbu harakatlari xotimasini chiroyli yoritishgan. Ba'zida asarlarni muqovasi va nomiga qarab xarid qilishim haqiqat.Tushda kechgan umrlar ham bir necha yillar oldin o'zimda o'tgan g'alati xislar sabab xarid qilingan va tom ma'noda ichki bo'shliqimga o'sha paytlar malham bo'la olgan)