TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
Beitragsinhalt
Inhalt
O’tgan kuning — o’tgan kundir, O’z boshingga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo’lin bog’lab, Dilin dog’lab, Yetaklashib ketgan kun, Voh bolam! deb aytolmagan Dudug’imsan, Vatanim. Yoningda qon yig’lagan bir Shoiringga qarab qo’y, Gar Qo’qonga yo’ling tushsa, Detdomlarni so’rab qo’y. Hech bo’lmasa Usmon xokin Keltirmoqqa yarab qo’y, Olislarda qurib qolgan Qudug’imsan, Vatanim… ©Muhammad Yusuf