TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Limit Of Humanity
Limit Of Humanity avatar

TGINSIGHT POST

Post #61

@limitofhumanity

Limit Of Humanity

Ansichten103Anzahl der Ansichten
Gepostet8. Aug.08.08.2025, 21:37
Beitragsinhalt

Inhalt

Urush eng g'alati narsa chamamda.Unda sen tirikligingda dushmansan lekin shunchaki yuraging to'xtagandan so'ng yokida parcha parcha bo'lib ketganingdan so'ng xudoning bandasi sifatida dushmanlaring yoki ittifoqdoshlaring tomonidan dafn etilgan jasad.Ha tirik payti dushman o'lganingdan so'ng esa tanilmagan noma'lum yaxshi insonsan.O'ta g'alati absurdizm ufurgan urushlarni doim yoqtirmaganman deya olmayman lekin hozirgi holatimda umuman olib qaragan patsifist tabiat odamga aylanib bo'libman.Insonlarni bir birini o'ldirishini ko'rish qandayin yomon) Fikrimcha har bir insonning ichki olamida o'zicha yaratgan hilqat va dunyosi bo'ladi.Bu hilqatlarda insoniylikimiz umrimiz xotiralarimiz yastanib yotadi.Bu insoniy narsalarni chetdan olib qarasak haqiqiy sa'nat asari deyish mumkin ekan.Ammo bu asarni shunchaki yo'q qilish g'irt qabihlik bo'lsa kerak... Inson bu sa'nat asari va inson bu hayvon degan gap so'zlarni har biriga qo'shilsam bo'ladi.Chunki har bitta ishni bajara olayabmiz bizdan boshqa cheklanmagan kuch hozir kurrayi zaminimizda ham mavjud bo'lmasa kerak. Nima demoqchiman? Shunchaki hech nima bu gaplarni pianina sadolarini tinglab yozishimni o'zi absurd edi lekin nimadir deyishim ham kerak edi.Qisqasi insoniyatni yoki yolg'izlikni seving.Har ikkalasida ham siz o'z insoniylikingizni saqlab qola bilish qobiliyatiga egasiz va sa'natni qadrlab umrguzaronlik qilishingiz mumkin)