Inhalt
Tushlar g'alati hilqat aslida.Bilmadim qandaydir g'alati narsa.Hammada shundaymi yoki shunday emasmi bilmadim lekin menda tushlar doimiy ravishda ma'lum muddat tanaffus bilan takrorlanib turadi.Bir necha kun bir necha oy bir necha yilda bir necha marotaba shu syujet miyamda qaytadan gavdalanadi.Tushlarim ham g'alati, asosan daryo suv bo'ylari va meni shuyerlarga qulashim yoki qulashimga bir bahya qolganda qoyatoshlarni ushlab qolishim ko'rinadi lekin bular takrorlanmaydi.Takrorlanuvchi tushlar sirasiga esa qandaydir muammoli-ishkalli yoki qayerdadir jahon urushiga tushib qolingan tushlar e'tiborimga moyilli. Fikrimcha tushlarda ma'no mavjud istalgan har qanday intellektual odamning tushlarida ma'no yastanib yotadi.Ular qandaydir ichki sezgini ifodalashi mumkin shaxsan menda ham bunday bashoratnamo tushlar ko'p bo'lib turadi va amalga oshadi.Qizig'i shundaki miyamizga butun boshli tush konteksti sochib yuboriladi shunda biz o'zimizga kerak narsani o'ngimizda nimadir yuz bersa amalga oshuvchi bashorat sifatida qabul qilib qarashimiz mumkin ekan extimol. Tushlarda ma'no bo'lishi mumkin:ular bizga psixologik bosim yuklay olishi bizga nimanidir uqtira bilishi yokida boshqa biror nimalarni fundamental ilm sifatida emas shunchaki oddiy hayotiy tajriba sifatida o'rgatib qo'yishi mumkin.So'nggi ko'rgan tushim bir necha yil oldin takrorlangandi.Unda kontekst shundan iboratki xuddikim ikkinchi jahon urushida sovet askari obrazida fashistlarga qarshi jang qilyabman.O'zim ham tushunmayman nega ikkinchi jahon urushi nega sovet askari sifatida gavdalandim. Atrof muxit nisbatan tinch lekin baribir samolyotlar ovozi bor.Atrof dala va siyrak bog'lardan iborat bir tarafdan daryo o'tgan, shu atrofda sovet askarlari frontni shiddat bilan yorib o'tib kelyotgan fashistlarni hujumini to'xtatish(aslida imkon qadar istalgancha yo'qotish orqali sekinlatish) uchun o'zlaricha xursandchilik bilan nemislarni yer tishlatamiz hali deb sovet qoni bilan garmoshkalarni chalib kutishmoqda(aslida o'lim oldidan o'zlariga kuch bag'ishlashmoqda).Nazi Germaniyasi askarlari bir necha kun ichida nixoyat mudofaa chizig'lariga frontni yorib o'tish uchun yetib kelishdi(e'tiborli jihatida qattiq qurollangan piyodalar).Front chizig'i akoplar bog'lardagi kichik qismlar ora orada uchrab turadigan binolarni kesib o'tardi va shu yerlarda sovetlar mudofaaga tayyorlanishgan edi.Ikki o'rtada shiddatli jang boshlandi prinsipial tarzda urushni boshi bo'lsa kerak sovet askarlari nemislarga nisbatan odmiroq qurollangan ko'rinardi.Qisqa muddat ichida yuzlab sovet askarlari halok bo'lishdi men esa nemis shiddatidan bir necha kishi bilan daryo bo'ylab qayerlargadir yugurib chekindim imkon qadar frontdan orqaroqqa ichkariroqqa kirib ketishga harakat qildim. Tushlarni to'laqonli ifodalash anchayin mushkul.Bundan bitta ma'no ma'lum bo'ldiki o'sha davrda sovet strategiyasi va armiyasi g'irt rasvo holatda urushga kirib keldi.Inson faktorini hisoblab o'tirmasdan shunchaki millionlab qurbonlar berishdi va tush buni shunchaki oddiy askar misolida janggohda tasvirladi.