Inhalt
Makiavellini hukmdor asarini o'qib turib harbiy strategiyalar haqida yozilgan qismlarida nimadir yetishmayotgani sezilyabdi.Tarjima yetarlicha maromida qilinmagan yoki meni tasavvurim bu borada yaxshi rivojlanmagan.Hech bo'lmasa izoh qo'shib ketishsa ham yaxshi bo'lardi bunday narsalarni primitiv hisoblamasdan. Kitob haqida umumiy negativ fikrda emasman 200 bet o'qib turib o'zim uchun ko'p narsani bilib oldim.Qolaversa Asteriks va Obeliks filmidagi Asteriks obrazi ham aslida Gallarni Sezar boshchiligidagi Rim legionlariga qarshi birlashtirishga muvaffaq bo'lgan Vertsingetoriks nomli sarkardadan namuna qilib olingani o'zim uchun ma'lum bo'ldi. Tavsiyam? Hammaga ham birdek ideal mos tushuvchi kitob emas.U davrdagi harbiy saflanishlar mavzusi odamni biroz zeriktirishi mumkin ammo kitobda strategik qiziqarli voqealar ham mavjud.Qo'shimchasiga davlat boshqaruvi borasidayam bu kitob ko'plab rahbarlarga namuna bo'la olgan. O'zim uchun 9/10.