TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Limit Of Humanity
Limit Of Humanity avatar

TGINSIGHT POST

Post #699

@limitofhumanity

Limit Of Humanity

Ansichten21Anzahl der Ansichten
Gepostetvor 11 Tagen24.05.2026, 09:37
Beitragsinhalt

Inhalt

Qiziq bo'lsa: Rossiya-Xitoy chegarasi dunyodagi eng uzun chegaralarning oltinchisi hisoblanadi. Uning sharqiy qismi 2500 milyaga cho‘zilgan. Mazkur hududga 1858-yilgacha Xitoyga tegishli bo‘lgan Rossiyaning Manjuriya viloyati ham kiradi. Bu Xitoy maydonining o‘ndan biriga teng keladigan ulkan hudud bo‘lib, u Shimoliy Koreya chegarasi tomon egilib, Rossiyaga Vladivostok porti orqali Yapon dengiziga chiqish imkonini beradi. Hududining kattaligi, strategik ahamiyati, shuningdek, suv, foydali qazilmalar, temir kabi ulkan tabiiy boyliklariga qaramay, Tashqi Manjuriya deb ham ataladigan viloyat atigi 4,5 million aholiga ega. Xitoy Manjuriyasida esa 107 million kishi istiqomat qiladi. Rossiyada (rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra) faqatgina 500 ming etnik xitoylik yashashi mumkin, ammo chegaraning narigi tomonida o‘n millionlab odamlar gavjum va tor shaharlarda hayot kechirmoqda. Chegarani qonuniy yoki noqonuniy ravishda kesib o‘tuvchilar soni esa tobora ortib borayotganga o‘xshaydi. Ko‘pchilik Rossiya Manjuriyasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini ko‘rmoqda. 2016-yilda Rossiya hukumati demografik vaziyatdan tashvishlanib, odamlarni Uralning sharqida, jumladan, Tashqi Manjuriyada joylashishi uchun rag‘batlantirishga harakat qildi. Talabgorlarga futbol maydoni hajmidagi bepul yer va‘da qilinishiga va ko‘chib o‘tish uchun saxiy grantlar taklif etilishiga qaramay, bu taklif ko‘pchilikni jalb eta olmadi. U yerlarga kam sonli ruslarning ko‘chib o‘tishi va ba‘zilarining asta-sekin ketishi natijasida vaqt o‘tib Xitoy migratsiyasi Rossiya Manjuriyasida xitoyliklarning ko‘pchilikni tashkil etishiga olib kelishi mumkin. Bu ko‘p jihatdan Xitoyning ichki mehnat bozoriga va Rossiyaning Uzoq Sharqdagi investitsiya loyihalariga bog‘liq. Agar shunday bo‘lsa, Rossiya Manjuriyasi yana Xitoy Manjuriyasining bir qismiga aylanishi ehtimoli mavjud.Putin Xitoyning Yevropada yo‘qotilgan hududlarni qaytarib olish g‘oyasini qo‘llab, Rossiyaning Uzoq Sharqidagi yo‘qotilgan hududlarini qayta egallashi mumkinligi haqidagi kinoyani tushunmagan bo‘lishi mumkin. Pekin uzoq xotiraga ega va kelajakni oldindan ko‘ra biladi. U sabr bilan kuta oladi. Geografiya mahkumlari