TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Limit Of Humanity
Limit Of Humanity avatar

TGINSIGHT POST

Post #702

@limitofhumanity

Limit Of Humanity

Ansichten25Anzahl der Ansichten
Gepostetvor 11 Tagen24.05.2026, 13:13
Beitragsinhalt

Inhalt

Xitoy kommunistlari 1949-yil Gomindan partiyasi tarafdorlarini o'z hududida mag'lub qilib Tayvan oroliga chekinishga majbur qilganidan so'ng 1951-yil Tibetni ham o'z tarkibiga qo'shib olishga muvaffaq bo'lishadi.Tibet ko'rinishidan quruq tog'lardan iborat bo'lib ko'ringani bilan o'zida bir qancha strategik maqsadlarni jam qilardi.Birinchi maqsad o'sha payt yangi mustaqillikka erishgan Hindiston tomonidan egallab olish xavfini bartaraf qilish bo'lsa, ikkinchisi Xitoy sivilizatsiyasini rivojlanishiga turtki bo'lgan Xuanxe, Yanszi va Mekong daryolarini boshlanish nuqtasi aynan Tibet bo'lganliki edi. Hindistonning bu hududlarni egallab olishi avvalo Xitoyni suv bilan ta'minlashni kesib qo'yish xavfini oldinga qo'ysa keyingi o'rinda bu hududdan keyin to'g'ridan-to'g'ri Xitoy tekisliklariga qo'shin tushirib erkin harakatlanish imkoniyati mavjudliki edi.Xitoy aynan shu sabablar tufayli anneksiya bilan o'zi uchun tom ma'noda strategik tog'li bufer zona yaratdi)