TGTGInsighttelegram-intelligenzLIVE / telegram public index
← Olim fondi
Olim fondi avatar

TGINSIGHT POST

Post #101

@olimfondi

Olim fondi

Ansichten460Anzahl der Ansichten
Gepostetvor 29 Tagen06.05.2026, 08:11
Beitragsinhalt

Inhalt

❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ ❗️ Jo‘rayev Jahongir– Olim fondining 2023-yilgi g‘olibi 📣 Ushbu stipendiantimiz o‘zining ilmiy va kasbiy yo‘lidagi yutuqlari va muhim fikrlarini siz aziz yoshlar bilan bo‘lishmoqchi: ⬇️ 2023-yil sentabr oyida Olim fondi g‘olibi bo‘lganman. ➡️Shu yilning o‘zida xalqaro Huawei kompaniyasi tomonidan O‘zbekistondagi mahalliy va xalqaro universitetlar ichidan eng iqtidorli 15 nafar talaba qatoriga tanlab olinganman. ➡️Ushbu tanlov asosida Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilgan 1 haftalik Seeds for the Future dasturida ishtirok etdim va jamoamiz bilan TOP-5 jamoalar qatoridan joy oldik. ➡️Natijada BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan 1 haftalik Acceleration dasturiga taklif qilindik. Dastur davomida Aquatibia startap loyihamizni rivojlantirib, prototip va biznes modelini ishlab chiqdik hamda xalqaro ekspertlar oldida taqdim etdik. ➡️Natijada Middle East va Central Asia davlatlaridan kelgan eng iqtidorli talabalar orasida 1-o‘rinni egalladik. ➡️Loyihamiz sho‘r suvni zamonaviy texnologiyalar va kimyoviy jarayonlar orqali ichimlik suviga aylantirishga qaratilgan innovatsion yechim hisoblanadi. Ushbu loyiha COP28 dasturi tashkilotchilari tomonidan ham yuqori baholandi va biz jamoamiz bilan Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyaga taklif qilindik. ➡️Bundan tashqari, 2023-yilda Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi g‘olibi bo‘lganman. ➡️2024-yil yanvar oyida 76 davlat qatnashgan Tech4Good xalqaro musobaqasida ishtirok etib, Silver Award va People’s Choice Award mukofotlarini qo‘lga kiritdik. ➡️2024-yil iyun oyida Hindistonda bo‘lib o‘tgan IEEE xalqaro ilmiy tadqiqotlar konferensiyasida “Internet of Things Based Smart Wheelchairs as a Gateway to Increased Independence and Quality of Life” nomli ilmiy maqolam bilan qatnashdim. ➡️2024-yil iyul oyida Xitoyning Shenzhen va Shanghai shaharlarida o‘tkazilgan Digital Talents dasturiga taklif qilindim va Shanghai shahrida bo‘lib o‘tgan MWC xalqaro texnologiyalar ko‘rgazmasida ishtirok etdim. ➡️2024-yil oktyabr oyida WiFi-7 xalqaro musobaqasida qatnashib, xalqaro IT ekspertlari orasida faxrli TOP-3 o‘rinni egalladim. Mukofotni qabul qilish uchun Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan GITEX 2024 dasturiga taklif qilindim. ➡️2024-yil noyabr oyida Toshkent shahridagi Amity Universityni birinchi darajali diplom bilan tamomladim. ⚡️Bu yutuqlarning barchasi mening hayotimda burilish nuqtasi bo‘ldi. Ayniqsa, Olim fondi g‘olibi bo‘lish — menga katta motivatsiya va yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. Bugungi natijalarim aynan shu ishonch va qo‘llab-quvvatlashning samarasi deb bilaman. 🚀 📌Yasha, o’rgan, rivojlan! Rasmiy sahifalarimiz: 🕸Website ||🌐Telegram|| 📷Instagram || 📺You tube